Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash


 – rasm. Juvalarni zichlash moslamalari


Download 276.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.81 Kb.
#1549254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-19

20.5 – rasm. Juvalarni zichlash moslamalari. 
a) ikkita labirintli; b) о‘z-о‘zidan zichlanadigan. 
1 – rotor bо‘yinchasi; 2 – kamera yonbosh devori; 3,11 – toresli halka; 4 – 
vint; 5,7 – qо‘zg‘almas va harakatchan labirintli halqalar; 6,8 - himoyalovchi 
vtulkalar; 9 – rezinali zichlovchi halqalar; 10 - harakatchan halqa; 12 – bolt;
13 – friksion halqa; 14 – prujinali halqa; 15 – prujina; 16 – flanes; 17 – 
rostlovchi bolt. 
mahkamlanadi. Qorishtirish kamerasi tо‘liq yig‘ilgan holda plitaga kо‘yiladi. Yuritgich qismi 
odatdagidek yig‘iladi, lekin vallar markazlashtirishni talab qiladi. 
Yuklash moslamasi (yig‘ilgan holda) qorishtirgich kamerasining yuklash teshigiga 
tо‘g‘ri kelganda birlashtirib mahkamlanadi. 
Pastgi zatvor mexanizmi qorishtirish kamerasi poydevoriga о‘rnatilguncha yoki undan 
keyin montaj qilinadi.
Ta’mirlash davrida poydevor plitalarining yaxlitligi (qorishtirgich, reduktor va elektr 
yuritgichlarniki) tekshiriladi. 
Lupa yordamida aniqlab bо‘lmaydigan poydevordagi darzlar, unga maxsus eritma 
(DAK-211) yoki bо‘r aralashmasi surib, kerosin yordamida oson aniqlanadi.
Qorishtirgich kamerasi katta yuklama ta’sirida ishlaydi. Shuning uchun qobiqqa 
yonbosh listni birlashtirish mustahkamligi va birikma shpilkalarining yaxshi tortilganligi 
tekshiriladi. Kamera silindri qattiq qotishmasi yemirilgan ichki yuzasi metallni suyulitirib 
quyish usulida qayta tiklanadi. Metallni suyultirib quyilgan qatlam qalinligi 6mm dan 
oshmasligi kerak. 
Rotor qovurg‘alarining uchlari qattiq yemirilishga duch keladi. Shuning uchun, ular 
qalinligi 6-12mm li qattiq qotishma bilan qoplanadi. Rotor bо‘yinchalariga presslab 
о‘tkazilgan himoya vtulkalari odatda yangisi bilan almashtiriladi.
Zichlash moslamalari diqqat bilan tekshirish va nazorat qilishni talab etadi. Podshipnik 
yemirilishi tufayli zichlash tizimi tez ishdan chiqishiga sabab rotor о‘qlarining siljib qolganligi 
va montaj noaniq о‘tkazilganidir. Bunday hollarga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Zichlash moslamasi 
detallarining о‘lchamlarini aniqlash yо‘li bilan nazorat qilinadi va zarur bо‘lgan hollarda 
yangisiga almashtiriladi. Labirint zichlamaga moy uzatish tizimi har doim sozlangan bо‘lishi 
kerak, shuning uchun u har kuni tekshiriladi.
Har bir ish smenasida zichlagich tirqishlari taftish qilinishi va tozalanishi zarur. 
Bundan maqsad, tirqishdagi germetizasiyalovchi qatlamni uzluksiz ravishda pastasimon 
holatda ushlab turishdir. 

Download 276.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling