Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash
Rezina va plastik massalarni qayta ishlash
Download 276.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozisiyalar tayyorlash uchun qorishtirgichlar
20.2. Rezina va plastik massalarni qayta ishlash
mashina va qurilmalari Rezina va plastmassadan mahsulot (shisha, rezina-texnik va plastmass mahsulotlar va x.) tayyorlash uchun juda kо‘p maxsus mashinalar qо‘llashni talab qiladi. Bu mashinalar konstruksiyasi, ishlash prinsipi va eksplutasion xarakteristikalari (tavsiflari) bilan katta farqlanadi. Avvalgi boblarda kо‘rib chiqilgan detal va qismlarni ta’mirlash va montaj qilish bilan hech qanday о‘xshashlik va umumiylik yо‘q. Bunday materiallarni qayta ishlovchi qurilma detal va qismlarni ta’mirlash va montaj qilishning spesifik xossalari ularning pasporti va yо‘riqnomalarida bayon etilgan. Rezina va plastmassani qayta ishlovchi hamma ishlab chiqarish texnologiyalari uchun umumiy bо‘lgan mashina va qurilmalar – bu alohida komponentlardan tarkib topgan qorishmalarini tayyorlash mashina va qurilmalardir. Quyida ularni ta’mirlash va montaj qilish masalalari kо‘rib chiqilgan. Kompozisiyalar tayyorlash uchun qorishtirgichlar Rezinali aralashmalardan iborat kompozisiyalar vertikal reaktor va gorizontal qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Qovushqoqligi past kompozisiyalar uchun vertikal qurilmalar. Bunday qurilmalar aralashtirgich va aralashtiruvchi moslamali reaktorlar konstruksiyasidan salmoqli farqlanmaydi. Ularni ta’mirlash va montaj qilish yuqorida kо‘rib chiqilgan. Hozirgi kunda kompozisiyalarning asosiy qismi turli ishchi hajmga ega gorizontal qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Hajmi 400l. bо‘lgan qoplamasi gorizontal qoplamali qurilma. Korobka tipidagi idish ichiga z-simon о‘yiqli ikkita rotor jо‘va о‘rnatilgan. Rotorlar bir-biriga qarab turli tezlikda harakatlanadi. Bunday harakat о‘z navbatida materialning yaxshi maydalanishiga olib keladi va bir jinsli aralashma hosil bо‘ladi. Rotorlarga elektr yuritgich aylanma harakat elastik mufta, reduktor va muvozanatlovchi muftalar orqali uzatiladi. Korobka tipidagi (qorishtirgich koretosi) idish g‘ilof bilan о‘ralgan va uning isitish uchun ichiga bug‘ (issiq suv), sovitish uchun esa –suv yuboriladi. Issiq yoki sovituvchi eltkichlar uzatish uchun g‘ilofda tegishli shtuserlar qoldirilgan. Koretoning tepa qismi qistirma yordamida qopqoq bilan yopilgan. Aralashma asosiy komponentlari tubdagi lyuk orkali yoki tub ochib yuklanadi; qо‘shimcha komponentlar toz qobig‘idagi shtuserlar orqali yuklanishi mumkin. Tayyor aralashmani tо‘kish tub ochilib amalga oshiriladi. Tub kо‘tarilganda, oldingi rotor о‘qi atrofida toz 105-110 0 (gorizontal tekislikka nisbatan) ag‘dariladi. Ag‘darish uchun mustaqil, alohida sharnirdagi vintli juftlikdan iborat yuritkichli mexanizm xizmat qiladi. Qorishtirgich montaji tо‘liq yig‘ilgan holda yoki uni yuritkichdan ajratib bajariladi. Qurilma poydevorga qat’iy gorizontal holatda о‘rnatiladi. Bunda, eng asosiy va muhim vazifa – bu oldingi rotorning gorizontalligidir. Sо‘ng, elektr yuritgichni reduktor bilan, hamda oldingi rotorni reduktor bilan birlashtiruvchi muftalar markazlashtiriladi. Poydevor boltlariga beton quyilgandan va qotgandan sо‘ng, qurilma gorizontalligi qaytadan tekshiriladi. Nazorat va sinov aylantirishga qorishtirgichni tayyorlash uchun reduktor karteri va moy quyish moslamalar moy bilan tо‘ldiriladi, sо‘ng qо‘lda elastik mufta orqali qurilma rotori aylantiriladi. Ag‘darish mexanizmi detallari moylangandan keyin qisqa muddatga elektr yuritqich ulanadi. Isitish va sovitish tizimi (toz g‘ilofi va trubalar) nuqsonlarni aniqlash uchun gidravlik sinaladi. Qorishtirgich ekspluatasiyaga topshirilguncha rotori 2-3 soat mobaynida tо‘g‘ri va teskari yо‘nalishlarda yuklamasiz aylantiriladi. Bunda podshipnik va uzatgich ishi tekshiriladi. Ishqalanish yuzali qismlar isishi va mashina ishlashiga mos bо‘lmagan shovqin yoki tovushlarning chiqishi notо‘g‘ri montaj qilinganidan dalolat beradi. Shovqin chiqish sababi tezda aniqlanadi va bartaraf qilinadi. Ag‘darish mexanizmi tekshirish toz sinab ag‘dariladi: tozning eng chetki holati qurilma pasportida kо‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi kerak. Kо‘tarish mexanizmi eng chetdagi о‘chirgichlar ishlashi va aniq о‘rnatilishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’mirlash vaqtida hamma qism va detallar taftish qilinadi. Toz qobig‘i g‘ilofni gidravlik sinab tekshiriladi. Odatda, tozning ichki devori yemiriladi, chunki ish jarayonida juda kо‘p ishqalanishga duch keladi. Suvning oz miqdorda suzib chiqishi yamoq qо‘yish yoki metalni suyultirib qoplash (payvandlash) yо‘li bilan ta’mirlanadi; toz yuzasi katta miqdorda yemirilgan bо‘lsa, u butunlay almashtiriladi. Rotorning yemirilishi mashina unumdorligini kamaytiradi. Agar, korishtirgich unumdorligi ruhsat etilgan chegaradan kamayib ketsa, rotorlar ingichkasiga almashtiriladi. Podshipnik, mufta va uzatkichlarni tekshirish va ta’mirlash о‘rnatilgan tartibda о‘tkaziladi. Ag‘darish mexanizmi vintli juftligida toz qobig‘ida mahkamlangan vtulkaning chaykasi tez-tez almashtirib turiladi. Download 276.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling