Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash


Download 276.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.81 Kb.
#1549254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-19

Juvalar. Plastik massalar va polivinilxloridli smolalarni plastifikasiyalash va tayyor 
mahsulot ishlab chiqarish uchun zagotovka olish uchun juvalar qо‘llaniladi.
Juvalar chо‘yan plita kо‘rinishida bо‘lib, unga traversali ikkita stanina о‘rnatilgan va 
ular podshipnikli ikki juft rotorga mо‘ljallangan. Ikkita silliq chо‘yan rotorlar podshipnikda 
bir-biriga qarab aylanadi. Oldingi rotor podshipniklarini siquvchi vintlar yordamida siljitish 
mumkinligi, rotorlar orasidagi zarur tirqishni о‘rnatish imkonini beradi. 


Podshipniklar siquvchi vintlar bilan saqlovchi shayba orqali birlashtiriladi. Rotor 
yuklamasi ortib ketganda, ular kesilib ketadi. Rotorlar ichi bо‘sh qilib tayyorlanadi, chunki 
ushbu bо‘shliqqa issiqlik tashuvchi eltgich (bug‘, issiq suv) uzatiladi va rotor tashqi yuzasida 
bir xil temperatura ushlab turishi ta’minlanadi. 
Orqa juva vali reduktor va bir juft shesternya, hamda elektr yuritgich orqali aylanma 
harakatga keltiriladi. Oldingi juva aylanma harakatni yetaklovchi orqa juvadan bir juft friksion 
shesternyalar orqali oladi. Orqa va oldingi juvalar har xil tezlikda aylanishi sababli qayta 
ishlanayotgan materialda qirqish va surilish deformasiyalari hosil bо‘ladi. 
Juvalar orasidagi tirqishga qayta ishlanayotgan material tortiladi, sо‘ng tirqish bо‘yicha 
bir tekisda taqsimlanadi, sо‘ng yupqa list kо‘rinishida oldingi juvaga (kichik tezlikda 
aylanayotgan) yopishib chiqadi. 
Juvalarda eng asosiy bо‘lib podshipnik qismi hisoblanadi. Bu qism yuqori temperatura 
va yirib turuvchi katta kuchlanishlar ostida ekspluatasiya qilinadi. Bunday podshipniklar 
qobiqqa aniq о‘rnatilishini va juvalar bо‘yniga diqqat bilan ishlov berishni talab qiladi. Ayrim 
juvalarda sirpanish podshipniklari о‘rnatilgan bо‘lib, aylanma suv bilan sovutiladi. 
Juvalar о‘lchami va konstruksiyasiga qarab tirqishlarni rostlash mexanizmi qо‘lda va 
mexanik, hamda oldingi juvaning har bir podshipnikigav bitta yoki ikkita elektr yuritkichli 
rostlash mexanizmi о‘rnatiladi. 
Juvalarni montaj qilish texnologiyasi uning о‘lchamlari, maydonchada montaj 
sharoitlari va takelaj vositalari mavjudligiga qarab ishlab chiqiladi. 
Bevosita poydevorda yig‘iladigan yirik juvalarni montaj qilishning asosiy bosqichlari 
ketma-ketligi quyida keltiriladi. 
Montaj boshlashdan avval
qadoqlash
qaydnomasi asosida hamma qism va detallari 
mavjudligi tekshiriladi, hamda poydevorning joylashishi va boltlari chuqurchalarining 
tо‘g‘riligi aniqlanadi. 
Hamma qism va detallar konservasiya moyidan tozalanadi va diqqat bilan nazorat 
qilinadi; konstruktiv о‘lchamlari va ishqalanuvchi qismlarni buzmasdan, ularning yuzalarida 
aniqlangan nuqsonlar bartaraf qilinadi. 
Montaj ishlari poydevor chuqurchalariga anker bolt plitalarini о‘rnatish va ularga 
sement quyishdan boshlanadi.
Sо‘ng, poydevor boltlari quyiladi va juvalar tayanch plitasi poydevorning belgilangan 
nuqtasiga о‘rnatiladi. Plita teshiklariga poydevor boltlari kirgiziladi, ularga shaybalar qо‘yiladi 
va gaykalar buraladi. 
Birinchi navbatda plitaga stanina joylashtiriladi va mahkamlanadi. Sо‘ng, unga 
podshipnikli juvalar yetkiziladi. Bundan keyin tayanch shaybalar montaj qilinadi va staninaga 
orqa juva podshipniklari shpilkalar yordamida mahkamlanadi. Keyin, traversalar о‘rnatiladi va 
mahkamlanadi. Juvalar bir-biriga zich qilib qо‘yilganda, ularni siljitish mexanizmlari yig‘iladi.
Yurituvchi va friksion shesternyalar juvalarga kiygiziladi va ilashishi tekshirilgandan 
sо‘ng mahkamlanadi. Keyin, poydevor plitasiga reduktor о‘rnatilib, uning olib chiqish 
podshipnigi shtift va shpilka yordamida mahkamlanadi. Elektr yuritgich о‘rnatilgandan sо‘ng 
reduktor bilan markazlashtiriladi va plitaga qotiriladi. 
Qolgan qismlar quyidagi ketma-ketlikda yig‘iladi: avval kronshteynlar, sо‘ng avariya 
moslamasi, moylash tizimi, juvalar podshipniklarini sovitish qismi, kommunikasiyalar, 
friksion shesternya himoya qobiqlari, tо‘kish vannalari, yordamchi moslamalar (lentani 
yig‘ish, chetlarini kesish uchun pichoqlar va h.). Oxirgi bosqichda pastki vanna qо‘yiladi va 
undan keyin butun qurilma sath о‘lchagich bilan yakuniy tekshiriladi, poydevor boltlari 
sementlanadi, plita ostiga beton aralashmasi quyiladi. Juvalarni ta’mirlash hamma qism va 
detallarni: juvalar, podshipniklar, uzatgich, yordamchi moslamalar va hokazolar taftish qilishni 
о‘z ichiga oladi. 
Har bir ta’mirlashda juvalar ichki bо‘shliqlari chо‘kindi va iflosliklardan tozalanadi. 
Bunday tadbir devorning termik qarshiligi minimal va issiqlik almashinish yuqori bо‘lishini 
ta’minlaydi. Ekspluatasiya jarayonida juvalar yuzalari kо‘p yediriladi va deformasiyaga duch 


keladi. Shuning uchun juvalar tashqi yuzasi mustahkam va yedirilishga bardosh bо‘lishi kerak. 
Juvalar yuzasining qattiqligi chо‘yanni 20-25 mm chuqurlikda oqartirish yо‘li bilan 
ta’minlanadi. 
Juva yuzasi yedirilganda u silliqlanadi, lekin bunda olinayotgan qatlam qalinligi
chо‘yanning oqartirish qalinligidan oshmasligi kerak. Agarda, chо‘yanning oqartirilgan 
qalinligi qolmagan bо‘lsa, u yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi. Undan tashqari, 
juvalarning podshipnikka tayanadigan bо‘yinchalari ham yediriladi. Bunday hollarda 
bо‘yinchalar yangi diametrga silliqlanadi. Undan keyin, podshipniklar uchun yangi 
vkladishlar
yasaladi. Agar, qurilmada chayqaluvchi podshipniklar о‘rnatilgan bо‘lsa, juva bо‘yinchalarini 
taftish va ta’mirlashga hojat qolmaydi.
Juvalar podshipniklari albatta taftish qilinishi kerak, chunki ular og‘ir sharoitlarda 
ekspluatasiya qilinadi. Odatda, podshipnik vkladishlar bronza yoki boshqa antifriksion 
qotishmalardan tayyorlanadi. 
Vkladishning
tez yedirilish sabablari: podshipnik qiyshiq 
о‘rnatilishi; sapfaning 
vkladishga
qisilib qolishi; moyning yetarli miqdorda kelmasligi
temperatura rejimining buzulishi va h. 
Qurilmalarni montaj qilish va ta’mirlash xususiyatlari ularning ichida zmeyeviklar bilan 
tо‘ldirilgan halqali hajmlar mavjudligi bilan belgilanadi. Bu birinchidan, qurilmani tozalashni va 
qobiqning metall holatini va halqali о‘ta yuklanishlarni tekshirishni qiyinlashtiradi; ikkinchidan 
gidravlik sinov vaqtida trubali zmeyeviklardagi nuqsonli joylarini aniqlashni qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun taftish qilish va ta’mirlash vaqtida qurilma qismlarga ajratiladi. Buning uchun 
yuqori 
tubni
ikkita tо‘siqlari bilan birga va ularga mahkamlangan zmeyeviklari bilan birga 
yechiladi. Montaj, tozalash va ta’mirlash qulay bо‘lishi uchun qurilmaning silindrik qismi 
flanesli birikma tarzida tayyorlanadi. Qurilmaning tayanch qismi poydevorda qoldiriladi, uni 
qismlarga bо‘lish yо‘li bilan barcha qism va detallarga yetib borishga yо‘l ochadi.
Nazorat savollari 
1. Montaj moslamalari haqida tushuncha 
2. Texnologik mashinalar va jihozlarni о‘rnatish ishlari haqida tushuncha 
3. Qobiq trubali va plastinali isitgichlarni ta’mirlash 
4. Kolonnali qurilmalar. Qurilma va yirik bloklarni yig‘ish 

Download 276.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling