Ma’ruza №2 mavzu. Transportni rejalashtirish jarayonlari ( 4 – soat )


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1319417
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU - 2


MA’RUZA № - 2 - 3. MAVZU. TRANSPORTNI REJALASHTIRISH JARAYONLARI ( 4 – soat ).
Reja:
1.Hozirgi davr jamiyatning transport xizmatlariga bo‘lgan talabi.
2. Transport tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlari.

Transport xizmatiga bo‘lgan talablarni modellashtirish


Transport tizimining imkoniyatlari va uning xizmatlariga bo‘lgan talabning muvofiqligi talab va transport tizimi quvvatining muvozanatlanganligi bilan belgilanadi. Muvozanatlanganlik sharti, agar t1, t2 davrga tegishli bo‘lgan har qanday θ uchun quyidagi shart bajarilgan taqdirda – amalga oshadi:



bunda ps(t) – t vaqt paytida transport xizmatlariga bo‘lgan buyurtmalarning zichligi; pT(t) – ularni qanoatlantirishni ta’minlaydigan transport tizimining salohiyati.
Keltirilgan shartga muvofiq, agar 5.1 rasmda ko‘rsatilganidek, egri chiziq ostidagi maydon ABCD to‘g‘ri turtburchakning maydoni bilan mos tushsa va bunda transport tizimi turib qolgan davrlar bo‘lmasa – talab va transport tizimining imkoniyatlari muvozanatlangan bo‘ladi.


5.1 rasm. Transportda talab va taklifning o‘zaro nisbati.
Tabiiyki, bu eng umumiy shart muvozanatning bo‘lmasligi davrlaridan qochish imkonini bermaydi. Masalan, t*–t** davrda talab transport tizimining imkoniyatlaridan ortiq bo‘ladi, buni transport tizimining quvvatini oshirish bilan bartaraf qilish mumkin. Amaliyotda deyarli har doim kattalik va vaqt bo‘yicha muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘yish masalasini hal qilishga to‘g‘ri keladi, chunki tizimning quvvatini oshirish qo‘shimcha moliyaviy va ekspluatatsion xarajatlarga olib keladi.
SHu bois transport xizmatlariga bo‘lgan talabni aniq hisoblash o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Talabni aniqlash jarayonida 4 ta asosiy bosqichni ajratish mumkin:
1) yuk va yo‘lovchilarni tashish zaruratini va uning maqsadlarini aniqlash (qatnashlarni generatsiyalash);
2) yuk va yo‘lovchilarni tashishni tugallash joyini aniqlash (qatnashlarni zonalar bo‘yicha taqsimlash);
3) yuk va yo‘lovchilarni tashish usulini tanlash (tashishlar turi va tashishlar texnologiyasi);
4) harakat marshrutini tanlash (qatnashlarni tarmoq bo‘yicha taqsimlash).
Bu 4 ta bosqich transport tadqiqotlari uchun an’anaviy bo‘lgan talabni aniqlashning to‘rt qadamli jarayonini tashkil qiladi, uning tuzilishi 4.2 rasmda keltirilgan. Modelda har bir qadamda uni verifikatsiyalash va kalibrlash ko‘zda tutilgan, bu iteratsion jarayonlarni kiritish va zarur bo‘lganda oldingi qadamlarga qaytishni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, modelda kelgusi davrlar uchun vaziyatni bashorat qilish imkoniyati bo‘ladi. Bu jarayon 1950 yillarning oxirida paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ko‘proq sonli omillarni, ularning dinamikasini, vaqt bo‘yicha taqsimlanishini hisobga olish, bashoratning ishonchliligini oshirish va hokazolar uchun har bir qadamni qo‘shimcha funksiyalar bilan to‘yintirish yo‘nalishida doimo takomillashtirib kelinmoqda.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling