Ma’ruza №2 mavzu. Transportni rejalashtirish jarayonlari ( 4 – soat )


Download 0.79 Mb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1319417
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU - 2

Ko‘p omilli tahlil qilish modeli qatnashlarni generatsiyalashning keng tarqalgan modeli hisoblanadi, unda qatnashlar maqsadlar bo‘yicha taqsimlanadi va statistik tadqiqotlar asosida oilada turli omillarga bog‘liq ravishda o‘rtacha qatnashlar soni aniqlanadi.
Transport xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlashning oxirgi to‘rtinchi bosqichi – qatnashlarning tarmoq bo‘yicha taqsimlanishidan iborat. Bu bosqichda foydalanuvchi zonalar o‘rtasida qaysi yo‘l bilan ko‘chishi bashorat qilinadi, shu tariqa tarmoq bo‘yicha har xil transport oqimlari shakllantiriladi. Bu bosqichda masalani echishni qatnashlarga protseduraning oldingi bosqichlarida shakllangan talab bilan mos keluvchi xizmat ko‘rsatish darajasiga ega bo‘lgan bog‘lanish yo‘llarining imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanat modeli sifatida tasavvur qilish mumkin. SHunday qilib, bu bosqichda transport tarmog‘ining transport oqimlarini o‘tkazish imkoniyatini tadqiq qilish zarur bo‘ladi. Zonalarning qandaydir-bir juftligi o‘rtasida mumkin bo‘lgan yo‘llarning soni qatnashni bajarish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Transportni istiqbolli rivojlantirish masalalari yirik shaharlarda muhim rol o‘ynaydi. Ularning echimini shaharning rivojlanish imkoniyatlari, yangi korxonalar va yashash hududlarining qurilishi belgilaydi. Bu masalalarni hal qilishda tashishlarning zaruriy hajmi va o‘rtacha yo‘lda yurish vaqtiga bog‘liq ravishda u yoki bu transport turini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanadi. Transportning rivojlanishi foydali qazilmalarni o‘zlashtirish imkoniyatini, u yoki bu rayonning biznes va turizmni rivojlantirish uchun jalb qiluvchanligini, aholi uchun jalb qiluvchanlikni belgilaydi. Bu masalalarda me’zonlar sifatida transportni rivojlantirishning u yoki bu variantiga yig‘indi xarajatlarning minimal o‘zini oqlash muddatidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish-transport rejalashtirishi masalalari mahsulotni ishlab chiqarish va etkazib berish umumiy xarajatlarining minimumi me’zoni bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni taqsimlash va omborlarga joylashtirish rejasini tuzishda, bir-birining o‘rnini bosadigan mahsulotlarni alternativ etkazib berish va ularni iste’mol qilish manbalari bo‘lganda – logistika tizimlariga taalluqli bo‘ladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling