Ma’ruza №2 mavzu. Transportni rejalashtirish jarayonlari ( 4 – soat )


rasm. Klassik to‘rt qadamli transport modelining tuzilishi


Download 0.79 Mb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1319417
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU - 2

5.2 rasm. Klassik to‘rt qadamli transport modelining tuzilishi.
Talab Q korrespondensiya massivi bilan tavsiflanadi. Qij korrespondensiyani aniqlash uchun (i, j) transport juftliklarini shakllantirish va mos keluvchi tashishlar hajmlarini va ularning tuzilishini topish zarur bo‘ladi.
Transport faoliyatini rejalashtirishda (i, j) transport juftliklarini tavsiflash uchun jo‘nash-etib kelish va qatnashlarning tug‘ilishi–tortishi tushunchalarini farqlash zarur bo‘ladi. Qatnashning boshlanishi va tugashi nuqtai-nazaridan bu identik bir xil tushunchalardir. Biroq qatnashlarni generatsiyalash bosqichida bu tushunchalarning mazmuni farq qiladi va 4.3 rasmda keltirilgan sxema bilan tushuntiriladi.

5.3 rasm. Qatnashlarning tasnifi.
Qoidaga ko‘ra, jo‘nash va etib kelish punktlari sifatida ajratiladigan har bir zona rezidentlarga – yo‘lovchi korrespondensiyalari uchun istiqomat qiluvchilarga va yuk korrespondensiyalari uchun yuk manbalariga va norezidentlarga – mehnat qilish, o‘qish yoki yuklarni iste’mol qilish joylariga ega bo‘ladi. 4.3 rasmda tipik misol keltirilgan, unda i zonada istiqomat qiladigan shaxs ertalab j zonaga ishga boradi, kechqurun esa qaytib keladi. Mos ravishda jo‘nash–etib kelish atamalarida ikkita qatnash sodir bo‘ladi: ertalab i dan j ga va kechqurun j dan i ga. Bu zonalar navbatma-navbat jo‘nash va etib kelish zonalari bo‘lib hisoblanadi. Qatnashning tug‘ilishi-tortishi atamalarida qatnash yo‘nalish bilan emas, balki qatnash iste’molchisining uning oxirgi nuqtasiga bo‘lgan munosabati bilan assotsiatsiyalanadi. Qatnashning tug‘ilishi berilgan zonadagi rezidentlar tomonidan bajariladigan qatnashlarga, tortishi esa – norezidentlar tomonidan bajariladigan qatnashlarga kiradi. 4.3 rasmda i zona qatnashning 2 ta tug‘ilishiga, j zona esa – qatnashning 2 ta tortishiga ega. Qatnashlarni bunday taqdim qilishning ma’nosi shundan iboratki, rezidentlar tomonidan bajariladigan qatnashlarga talab statistik jihatdan ko‘proq barqaror bo‘lib hisoblanadi. Aholi yashash joyini ish yoki o‘qish joyiga qaraganda kam o‘zgartiradi, omborlar va zavodlar ham joylashgan joyi bo‘yicha do‘konlar va servis xizmatlariga qaraganda ko‘proq barqaror bo‘ladi. Rezidentlar bo‘yicha qatnashlar sonini bashoratlash uchun zarur bo‘ladigan statistik ma’lumotlarni olish osonroq. Buning ustiga, aynan ana shunday qatnashlar transport harakatining asosiy qismini tashkil qiladi, xususan “tig‘iz payt” ni shakllantiradi. SHuni qayd qilish zarurki, tug‘ilish-tortish atamalarida norezidentlar tomonidan turli zonalar o‘rtasida sodir qilinadigan qatnashlar, masalan, ishdan do‘konga borib-kelish hisobga olinmaydi. Bunday qatnashlarni alohida hisobga olish zarur bo‘ladi, qoidaga ko‘ra, ular barcha qatnashlarning 15-20foiz ini tashkil qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling