Ma`ruza №2 Shaharlarda elektr energiya istemolchilari Reja


Sanoat korxonalari asosiy iste`molchilarining tafsilotlari


Download 314.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana23.09.2023
Hajmi314.1 Kb.
#1685165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №2

 
Sanoat korxonalari asosiy iste`molchilarining tafsilotlari 
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘zlarining 
murakkabligi va ko‘p energiya qabul qiluvchi agregatlarining mavjudligi bilan 
ajralib turadi. Sanoat korxonalarining elektr yuklamalari tayyorlanayotgan 
mahsulot-larining miqdori, texnologik jarayonning avtomatlashtirish darajasi, atrof 
muhitni isroflantirmaslikni qo‘yiladigan talablar, ishchi va xizmatchilarni ish 
sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish bilan bog`liq bo‘lgan ko‘rsatgichlari 
bilan belgilanadi. 
1. 
Umumsanoat 
kuch 
qurilmalari. 
Bu 
guruh 
iste`molchilarga 
kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar va ko‘tarma - transport qurilmalari kiradi. 
Bu qurilmalarning yuritgichlari o‘zgarmas yuklama bilan uzoq vaqtgacha ishlaydi 
va quvvatlariga qarab 0,22

10 kV kuchlanishda 50 Gs chastotali elektr energiyasi 
bilan ta`minlanadilar. Yuklamalar asosan tekis va simmetrik. Bu qurilmalarning 
quvvat koeffisientlari stabil bo‘lib 0,8-0,85 oralig`ida. Elektr ta`minotida uzilish 
sodir bo‘lishi kerak emas. Masalan metallurgiya zavodining nasos stansiyalaridagi 
elektr ta`minotidagi uzilish domna pechlarini ishdan chiqarib juda katta miqdorida 
zarar keltiradi. Yongin paytida nasos qurilmalarini elektr manbalaridan uzilishi 
qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirilmasa ham bo‘ladi. Ayrim 


sexlarda ventilyator yuritgichlarida elektr ta`minotini to‘xtashi ishlayotgan 
kishilarni yalpi zaharlanishiga olib keladi. Bunday qurilmalar 1 chi toifali 
iste`molchilar turkumiga kiradi. Ular kamida ikki mustaqil ta`minlash 
manbalaridan elektr energiyasini olishlari kerak. 
Katta quvvatli kompressorlarda, nasoslarda va ventilyatorlarda elektr 
yuritma sifatida reaktiv quvvat ishlab chiqaruvchi sinxron mashinalar ishlatiladi.
Ko‘tarma-transport qurilmalari takroriy qisqa muddatli rejimda ishlaydilar. 
Bu qurilmalarda yuklamani keskin o‘zgarish hollari ko‘p uchraydi. Shuning uchun 
quvvat koeffisienti katta oraliqda o‘zgaradi (0,3-0,8). Bu qurilmalar qaerda 
o‘rnatilganligiga qarab 1 chi yoki 2 chi toifali bo‘lishi mumkin. Ko‘tarma-transort 
qurilmalarida 50 Gsli o‘zgaruvchan tok yoki o‘zgarmas tok ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan tok tomonidan yuklama uchta faza uchun simmetrik bo‘ladi. 

Download 314.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling