Ma`ruza №2 Shaharlarda elektr energiya istemolchilari Reja


Elektr yoritish qurilmalari


Download 314.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.09.2023
Hajmi314.1 Kb.
#1685165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №2

2. Elektr yoritish qurilmalari. Elektr yoritgichlari bir fazali iste`molchi 
hisoblanib, bittasining quvvati 2 kVt dan oshmaydi. Yoritish qurilmalari fazalar 
bo‘yicha to‘g`ri taqsimlansa, yetarli darajadagi simmetrik yuk hosil qilishi mumkin 
(nosimmetriyalik darajasi 5-10% dan oshmaydi). 
Yuklama xarakteri bir tekis, keskin o‘zgarishsiz bo‘ladi, lekin kun, yil 
davomida uning miqdori uzgarishi mumkin. Tokning chastotasi 50 Gs. Quvvat 
koeffisienti cho‘g`lanuvchi lampalar uchun 1 ga, razryadli lampalarda esa 0,6. Gaz 
razryadli lampalar ishlatilganda nol liniyalarda yuqori garmonikali toklar hosil 
bo‘ladi. 
Sanoat korxonalarining yoritish qurilmalarida 6-220 V kuchlanish 
ishlatiladi. Yoritish qurilmalarining ishlatilishi o‘rniga qarab ular bir yoki ikki 
mustaqil 
manbalardan 
energiya 
oladilar. 
Agar 
korxonalarda 
yoritish 
qurilmalarining uchishidan kishilar hayot xavf ostida qoladigan bo‘linsa, bunday 
favqullotdagi holat uchun maxsus yoritish tizimi ishlatiladi. 
3. O‘zgartirish qurilmalari. Bunday qurilmalar asosida 50Gs uch fazali 
tokni o‘zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiriladi. Sanoat 
korxonalarida o‘zgartgichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: yarim 
o‘tkazgichli; simob qurilmali; yuritgich-generatorli; mexanik to‘g`irlagichli. Bu 
qurilmalar elektroliz vannalari, korxona ichidagi elektr transporti, elektr fil`trlar, 
o‘zgarmas tok payvandlari uskunalari, ko‘plab apparat va mashinalarning 
yuritgichlarini elektr bilan ta`minlashda ishlat-iladi. 
Rangli metallurgiya korxonalarida alyuminiy, mis, ruh va boshqa toza 
metallarni 
elektroliz 
usuli 
bilan 
olishda 
kremniy 
asosida 
yaratilgan 
o‘zgartgichlardan keng foydalaniladi. Bunday qurilmalarda 6-35 kV li, 50 Gs li 
tokni texnologik jarayon talab qiladigan kuchlanishli (835 V gacha) o‘zgarmas 
tokga o‘zgartiriladi. Elektroliz qurilmalari 1 chi toifali iste`molchilar turkumiga 
kiradi, ularning elektr ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin. 
Elektroliz qurilmalarining yuklamalari tekis va simmetrik. Quvvat koeffisienti 
0,85-0,9 oraligida. Elektroliz jarayonida o‘zgarmas tok miqdorini birdek saqlash 
talab etiladi va shu munosabat bilan o‘zgaruvchan tok tomonidagi kuchlanishni 
rostlash zarur bo‘ladi. 
Zavod ichkarisidagi elektr transport qurilmalarining quvvatlari 100-3000 
kVt oraligida bo‘lib, quvvat koeffisientlari 07-0,8 ni tashqil etadi. O‘zgaruvchan 


tok tomonidagi fazalaridagi yuklama simmetrik va keskin o‘zgaruvchan. 
Korxonalarda transportni to‘xtashi katta qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning 
uchun bu iste`molchilar 1 chi yoki 2 chi toifali hisoblanib, elektr ta`minoti tizimida 
qisqa muddatli uzulishlarga ruxsat etiladi. 
Gaz tozalovchi elektr fil`trlarida ishlatiladigan o‘zgart-gichlarning quvvati 
100-200 kVt gacha bo‘ladi. Ular maxsus transformatorlar orqali (birlamchi 
chulg`am kuchlanishi 6-10 kV ikkilamchm chulg`am yuqori kuchlanish 110 kV 
gacha) ulaniladi. Bu qurilmalarning quvvat koeffisienti 0,7-0,8 oralig`ida. 
O‘zgaruvchan tok qismida yuklama simmetrik va tekis. Elektr ta`minotida uzilish 
sodir bo‘lishiga ruxsat beriladi. Kimyo zavodlarida elektr fil`trlar 1 chi yoki 2 chi 
toifali iste`molchilar turkumiga kiradi. 

Download 314.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling