Ma`ruza №2 Shaharlarda elektr energiya istemolchilari Reja


Aralashiga qizdirish pechlarni


Download 314.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana23.09.2023
Hajmi314.1 Kb.
#1685165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №2

Aralashiga qizdirish pechlarni rudnotermik va elektro-shlakli qayta eritish 
pechlariga bo‘lish mumkin. 
Rudnotermik pechlarida materiallarni erishi shixta orqali elektr tokini o‘tishi 
va yoy natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi. Bu pechlar 
temir qotishmalari, chuyan, qo‘rg`oshin olishda va mis qotishmalarini eritishda 
ishlatiladi. Elektr ta`minoti 50 Gs li tarmoqdan maxsus pasaytiruvchi transformator 
orqali amalga oshiriladi. Pechning quvvat 100.000 kVA gacha borishi mumkin. 
Quvvat koeffisient 0,85-0,92 ga teng. Elektr ta`minoti uzluksizligi bo‘yicha 2 chi 
toifali iste`molchilar turkumiga kiradi. 
Elektroshlakli qayta eritish pechlarida qizdirish shlakdan elektr tokining 
o‘tishi hisobiga bo‘lib, eritish esa elektr yoyi issiqligi natijasida amalga oshiriladi. 
Elektroshlakli qayta eritish yuqori sifatli po`lat va ularning qotishmalarini olishda 


ishlatiladi. Pechlarni ta`minlash 6-10 kV li tarmoqdan maxsus pasaytiruvchi 
transformator orqali (ikkilamchi kuchlanish 45-60 V) bajariladi. Ular bir yoki uch 
fazali bo‘lishlari mumkin. Quvvat koeffisienti 0,85-0,95 ga teng. Elektr ta`minoti 
ishonchliliga bo‘yicha elektr shlakli qayta eritish pechlari 1
chi
toifali iste`molchilar 
guruhiga kiradi. 
Elektr payvandlash qurilmalari barcha korxonalarda mavjud bo‘lib, 
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi qurilmalarga bo‘linadilar. Texnologik 
nuqta nazardan payvandlash qurilmalarini kontaktli yoki yoyli guruhlarga ajratish 
mumkin. 
O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlari o‘zgaruvchi tok 
yuritgichli va o‘zgarmas tok generatorlaridan tuzilgan bo‘ladi. Bunday qurilmalar 
uch fazali o‘zgaruvchan tokda simmetrik yuklamani tashqil etadi. Quvvat 
koeffisient me`yoriy yuklamada 0,7-0,8 oralig`ida bo‘ladi, salt ishlaganda 0,4 dan 
oshmaydi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlarini yarim 
o‘tkazgichli to‘g`rilagichlar asosida ham bajarish mumkin. 
O‘zgaruvchan tokdagi elektr payvandlash qurilmalari 50 Gs li kuchlanishi 
380, 220 V bo‘lgan tarmoqdan ishlaydilar. Ularda bir fazali payfandlash 
transformatori qo‘llaniladi va ish rejimi takroriy qisqa hisoblanadi. Bitta 
qurilmaning quvvati 9-32 kVA oraligida bo‘ladi. Quvvat koeffisienti yoyli 
payvandlash qurilmalarida 0,3-0,35ni, kontaktli payvandlashda esa 0,4-0,7ni 
tashqil etadi. Elektr ta`minotining ishonchliligi bo‘yicha 2 chi toifali iste`molchilar 
guruhiga kiradi. 
 
 
Nazorat savollari: 
1. 
Elektr iste`molchilar qanday ko‘rsatgichlar bo‘yicha guruhlanadi? 
2. 
Elektr iste`molchilar ish rejimlariga qarab qanday guruhlarga 
bo‘linadi? 
3. 
Elektr iste`molchilar elektr ta`minoti ishonligi bo‘yicha manbaga 
qanday talab qo‘yadi? 
4. 
Ulanish davomiyligi deganda nimani tushinasiz? 

Download 314.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling