Ma`ruza №2 Shaharlarda elektr energiya istemolchilari Reja


Induksion va dielektrik pechlar va qurilmalar


Download 314.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.09.2023
Hajmi314.1 Kb.
#1685165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №2

 
Induksion va dielektrik pechlar va qurilmalar metallarni eritishda, 
toblashda va dielektriklarni qizdirishda ishlatiladi. 
Induksion pechlarda metallni eritish undan induksion tokning o‘tishi 
natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga bo‘ladi. Eritish pechlari ferromagnit 
o‘zakli yoki o‘zaksiz qilib tayyorlanishi mumkin. O‘zakli pechlar rangli metallar 
va ularning qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Ular bir, ikki, uch fazali qilib ishlab 
chiqariladilar va quvvatlari 2000 kVA gacha bo‘ladi. Quvvat koeffisientining 
miqdori alyumin eritishda 0,2

04 oralig`ida, mis eritishda esa 0,6

08 oralig`ida 
kuzatiladi. O‘zaksiz pechlar asosan yuqori sifatli po‘lat eritishda ishlatiladilar. Ular 


ko‘p hollarda yuqori chastotali (500-10000 Gs) tiristorli yoki elektr mashinali 
o‘zgartgichlar orqali ishlaydilar. Yuritgichlar esa korxona chastotali manbalardan 
ta`minlanadilar. Bunday pechlarning quvvatlari 4500 kVA dan oshmaydi, quvvat 
koeffisientlari esa kichik (0,05-0,25). Eritish pechlari 2 chi toifali iste`molchilar 
guruhlariga kiradilar.
Dielektr qizdirish qurilmalarida qizdiriladigan buyum kondensatorning 
elektr maydoni ta`siriga joylashtiriladi va qizish siljish tokning hisobiga bo‘ladi. 
Bunday qurilmalar yog`ochlarni quritishda, press-kukunlarni qizdirishda, 
plastinkalarni payvandlashda, mahsulotlarni sterillashda keng ishlatiladilar. 
Ta`minlash 20-40 MGs li manbalardan bajariladi. Elektr ta`minotining uzliksizligi 
bo‘yicha dielektrik qizdirish uskunalari 2 chi toifali iste`molchilar guruhiga kiradi. 
Elektr yoy pechlari bevosita va bilvosita ta`sir qiluvchi pechlarga 
bo‘linadilar. Birinchi holda metallni qizdirish va eritish elektrod va metall 
oralig`ida bo‘ladigan yoydan kelib chiqadigan issiqlik hisobiga bo‘ladi. Bevosita 
ta`sirli pechlarning keng tarqalgani po‘lat erituvchi va vakuumli pechlardir. 
Po‘lat erituvchi pechlar sanoat chastotali, 6-110 kV li elektr manbasiga 
ulanadilar. Bir qurilmaning quvvat 45000 kVA gacha bo‘lib quvvat koeffisienti 
0,85-0,9. Metallni eritish jarayonida ekspluatasion takroriy qisqa tutashuv sodir 
bo‘ladi va tokning miqdori me`yoridan 2,5-3,5 marotaba ortadi. Bu esa podstansiya 
shinalaridan kuchlanishni pasayishiga olib kelib, boshqa elektr iste`molchilarining 
ishiga solbiy ta`sir qiladi. Shuning uchun ko‘p hollarda bunday pechlarga ayrim 
transformator podstansiyalaridan energiya beriladi.
Yoyli vakuum pechlarining quvvati 2000 kVA gacha bo‘lib ta`minlash 30-
40 V o‘zgarmas tok manbasidan bajariladi. Elektr energiyasining manba sifatida 
50Gs li tarmoqga ulanadigan yarim o‘tkazgichli yoki elektr mashinali 
o‘zgartgichlarni ishlatish mumkin. Vakuumli yoy pechlari 1 chi toifali 
iste`molchilardan hisoblanadi. 
Bilvosita ta`sir etuvchi pechlarda metallni qizdirish, eritish ko‘mir 
elektrodlar oraligidagi yoydan hosil bo‘lgan issiqlik hisobiga bajariladi. Bunday 
pechlar mis va uning qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Quvvati 500 kVA dan 
oshmaydi. Bilvosita pechlar 50 Gs li tarmoqga maxsus transformator orqali 
ulaniladi. Elektr ta`minotini ishonchligi nuqta nazaridan 1 toifali iste`molchi 
hisoblanadi. 

Download 314.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling