Ma`ruza №2 Shaharlarda elektr energiya istemolchilari Reja


Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari


Download 314.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.09.2023
Hajmi314.1 Kb.
#1685165
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №2

4. Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari. Bunday 
iste`molchilar barcha korxonalarda mavjud bo‘lib, hozirgi zamon stanoklarida 
elektr mashinalarining barcha turlari ishlatiladi. Yuritgichlarning quvvatlari juda 
xilma-xil bo‘lib bir necha Vt lardan yuzlab kVt largacha boradi. Yuqori chastotali 
aylanma harakat hosil qilish va uni boshqarish talab qilinadigan stanoklarda 
o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr yuritgichlardan foydalaniladi. Elektr tarmoq 
kuchlanishlari 660-380/220V bo‘lib chastotasi 50 Gs. Elektr ta`minoti ishonchliligi 
bo‘yicha, ko‘p hollarda, bu iste`molchilar 2 chi toifali hisoblanadilar. Ayrim 
stanoklar uchun xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan elektr ta`minotida uzilish 
bo‘lmasligi talab kilinadi.
5. Elektr pechlari va elektrotermik qurilmalar. Elektr energiyasini 
issiqlikga aylantirish usullariga qarab bu qurilmalar quyidagilarga bo‘linadilar: 
qarshilik pechlari, induksion pechlar va qurilmalar; yoyli elektr pechlari; aralash 
usullarda ishlovchi pechlar. 
Qarshilik pechlari qizdirish usuliga qarab bilvosita va bevosita ta`sir 
etuvchi pechlarga ajratiladi. Bilvosita ta`sir etuvchi pechlarda hosil bo‘ladigan 
issiqlik maxsus isitish elementlaridan tokning o‘tishi natijasida bunyod etiladi. 
Bunday pech qurilmalarida 1000 V gacha kuchlanish ishlatilib, chastotasi 50 Gs. 
Qurilmalarning quvvatlari ming kVt dan yuqori, quvvat koeffisientlari esa ko‘p 
hollarda 1 ga teng. Ular bir yoki uch fazali qilib ishlab chiqariladi. 
Bevosita ta`sirli pechlarda xhosil bo‘ladigan issiqlik buyum (material) orqali 
elektr toki o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning quvvatlari 3000 kVt gacha 
bo‘lishi mumkin. Bunday pechlar asosan 380/220 V kuchlanishli 50Gs tarmoqga 
ulanadilar. Quvvat koeffisienti 0,7

0,9 oralig`ida bo‘ladi. Qarshilik pechlari 2 chi 
toifali iste`molchilar turkumiga kiradilar. 

Download 314.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling