Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


Transformatorning nominal kattaliklari


Download 1.55 Mb.
bet3/8
Sana13.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1355633
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mа’ruzа №2. Документ Microsoft Word

Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart talablariga mos holda texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi va elektr energiyani o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda transformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
Transformatorning to‘la nominal quvvati VA yoki kVA da ko‘rsatiladi: a) bir fazali ikki chulg‘amli uchun – S1N U1NI1N; b) uch fazali ikki chulg‘amli uchun – S1N U1NI1N= 3U1NfI1Nf.
Transformatorlarda FIK juda ham katta bo‘lganligidan ikki chulg‘amli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi (S2N) chulg‘am nominal quvvatlari taxminan bir xil bo‘ladi, ya’ni S1N S2N.
Nominal kuchlanish deganda har bitta chulg‘amning liniya kuchlanishi tushuniladi. Ikkilamchi chulg‘amning nominal kuchlanishi uchun U2NU2(0) qabul qilinadi. Transformatorning nominal toklari deganda quvvati S1 S2 SN va kuchlanishlari (U1N va U2N) bo‘yicha hisoblangan 1- va 2-chulg‘amlarning liniya qiymatlari tushuniladi. Bulardan tashqari: 1) nominal chastota fN; 2).fazalar soni m; 3) chulg‘amlarning ulanish sxemasi va guruhi; 4) qisqa tutashuv kuchlanishi uqt.(%); 5) transformatorning tipi; 6) standart nomeri; 7) sovitish usuli va boshqa ayrim ma’lumotlar keltiriladi.
2.1. Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning konstruksiyasi
Magnit o‘tkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u chulg‘amlararo magnit bog‘lanishni kuchaytirishdan tashqari, chulg‘amlari va yordamchi qismlarini o‘rnatish hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir. O‘zgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan energiya isroflarini kamaytirish maqsadida transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari 0,35 va 0,30 mm qalinliklardagi sovuq holatda jo‘valangan anizotropli (magnit xossalari yaxshilangan, masalan, 34043406 markali) elektrotexnik po‘lat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan qoplangan holda izolyatsiya qilinib yig‘iladi. Bunday po‘latni qo‘llash magnit o‘tkazgichdagi induksiyani 1,61,65 T gacha oshirishga (issiq holatda jo‘valangan po‘latda esa magnit induksiyani 1,4-1,45 T dan oshirib bo‘lmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit va elektr o‘tkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini keskin kamaytirishga imkon berdi.
Magnit sistemaning chulg‘am joylashtirilgan qismini «sterjen», ularni ulab, berk magnit zanjir hosil qiladigan qismini «yarmo» deyiladi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling