Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


Chulg‘am uchlarining belgilanishini tajribada tekshirish


Download 1.55 Mb.
bet7/8
Sana13.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1355633
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mа’ruzа №2. Документ Microsoft Word

Chulg‘am uchlarining belgilanishini tajribada tekshirish. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhini aniqlashda fazaviy chulg‘am uchlari belgilanishini tekshirish muhim ahamiyatga egadir. Buni aniqlash uchun dastlab YuK chulg‘amni «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulab (2.8,a-rasm), BY fazaviy chulg‘amga pasaytirilgan o‘zgaruvchan tok kuchlanishi beriladi va UBY, EAX, UAB, UBC kuchlanishlar va EYuK lar o‘lchanadi.


2.8-rasm. Transformatorning YuK chulg‘ami uchlari to‘g‘ri (a) va noto‘g‘ri (b) belgilangan uchun hamda chulg‘am uchlari belgilanishini tajribada tekshirish uchun (s) sxemalar.


Bu holda magnit o‘tkazgichning chekka o‘zaklaridagi magnit oqim o‘rta o‘zak magnit oqimining yarmiga teng, demak, AX va CZ fazaviy chulg‘amlarda hosil bo‘lgan EYuK miqdor jihatdan o‘rta o‘zakdagi BY fazaviy chulg‘am EYuK ning («kuchlanishi»ning desa ham bo‘ladi, chunki UBY EBY) yarmiga teng. Chulg‘am uchlari to‘g‘ri ulanganda A va B yoki B va C klemmalariga ulangan voltmetr o‘rta (BY) va chekkadagi fazaviy chulg‘amlardan birontasi (AX yoki CZ)da hosil bo‘lgan EYuK (kuchlanish)larning yig‘indisini, ya’ni UAB= UBC==UBY ga teng bo‘lgan kuchlanishni ko‘rsatadi.
­

3.1.Elektromagnit induksiya hodisasi, transformatorning ishlash prinsipi va elektr yurituvchi kuchlari
Elektromagnit induksiya hodisasi transformator nazariyasining asosini tashkil qiladi. Elektromagnit induksiya hodisasi ikki shaklda namoyon bo‘ladi:
1) Faradey ta’rifi. «Vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o‘tayotgan o‘tkazgichda hosil bo‘l-gan EYuK ning qiymati magnit induksiya V ga, o‘tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi, ya’ni E Blv».
2) Maksvell ta’rifi. «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o‘tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o‘zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni e  – dФdt».
[Izoh: Bundagi EYuK ning yo‘nalishi rus olimi L ye n s kashf qilgan prinsip (qoida) bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni berk o‘tkazgich bilan ilashadigan magnit oqim (dФdt) > 0 bo‘lganda berk o‘tkazgichda vujudga keladigan EYuK ning ishorasi «minus» bo‘lib, (dФdt) <0 bo‘lganda esa uning ishorasi «plyus» bo‘ladi].
3.1-rasmda oddiy bir fazali ikki chulg‘amli kuchlanishni pasaytiruvchi transformator magnit o‘tkazgich va uning o‘zaklariga joylashtirilgan o‘ramlar soni w1 bo‘lgan YuK (birlamchi) va o‘ramlar soni w2 bo‘lgan PK chulg‘amlarni tasvirlash o‘ng‘ay bo‘lishi uchun ular har xil o‘zakda joylashtiril-gan holda ko‘rsatilgan. Real transformatorlarda magnit bog‘lanishni yaxshi ta’minlash uchun PK va YuK chulg‘amlar bitta o‘zakda joylashtiriladi.
I sh l a sh p r i n s i p i. Transformator faqat o‘zgaruvchan tok zanjirida ishlay oladi, o‘zgarmas tokda esa dФdt  0 bo‘lganligidan chulg‘amlarda EYuK vujudga kelmaydi.
Ikkilamchi chulg‘ami yuklamaga ulanmagan transformatorning birlamchi chulg‘ami o‘zgaruvchan tok manbaiga ulansa, birlamchi chulg‘amdan salt ishlash toki I1  I0 o‘tadi. Uning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r  I0 shu chulg‘amda magnit yurituvchi kuch (MYuK) I0.r w1 ni vujudga keltirib, u esa o‘z navbatida, asosiy (Ф) va tarqoq (Фσ1) qismlardan iborat deb qaraladigan o‘zgaruvchan magnit oqimni hosil qiladi (Фσ1 to‘la magnit oqimning taxminan 0,1  0,25 foizini tashkil qiladi).




Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling