Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi
Salt ishlayotgan transformatorning EYuKlari
Download 1.55 Mb.
|
Mа’ruzа №2. Документ Microsoft Word
Salt ishlayotgan transformatorning EYuKlari. Asosiy magnit oqim F ning kuch chiziqlari birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘ramlari bilan ilashib elektromagnit induksiya qonuniga asosan birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya EYuK e1 va ikkilamchi chulg‘amda o‘zaro indu-tsiya EYuK e2 larni hosil qiladi. Ularning oniy qiymatlari Maksvell tomonidan elektromagnit induksiya hodisasini yangicha ta’riflab kiritgan formulasi bo‘yicha aniqlanadi:
e1 – w1 (dФ dt) = – dψ1 / dt; e2 – w2 (dФdt) = – dψ2 / dt, (3.1) bunda ψ1 = w1Ф; ψ2 = w2Ф – tegishlicha birlamchi va ikkilamchi chulg‘am magnit oqim ilashishlari, [Vb]. Magnit oqimning sinusoidal bo‘lgandagi Ф Фmaxsint qiymatini (3.1) ga qo‘yib differensiyalagandan keyin, Сost –sin(t – 2) ekanligi hisobga olinsa, quyidagi natija kelib chiqadi: e1 = w1Fmax sin(t – /2) = E1max sin(t – /2); e2 = w2Fmax sin(t – /2) = E2max sin(t – /2), bu yerda Е1maxw1Фmax va Е2max w2Фmax – tegishlicha birlamchi va ikkilamchi chulg‘am EYuK larining maksimal qiymatlari, [V]. (3.2) dan quyidagi xulosa kelib chiqadi. Transformator chulg‘amlaridagi hosil bo‘lgan e1 va e2 EYuK larning vaqt bo‘yicha o‘zgarish fazasi magnit oqim Фmax dan 2 burchakka kechikar ekan, ya’ni 90 ga orqada qoladi. Elektrotexnikaning nazariy asoslaridan ma’lum bo‘lishicha, (3.2) dagi sinusoidal shaklda o‘zgarayotgan EYuK o‘zining maksimal qiymatiga sin(t––2)= 1 da erishadi. EYuK larning maksimal (Е1max va Е2max) qiymatlarini ga bo‘lib, (3.2) ga 2f qo‘yilsa, EYuK larning ta’sir etuvchi (effektiv) qiymatlarini aniqlash formulalariga ega bo‘lamiz: (3.3) Tarqoq magnit oqim kuch chiziqlari asosan magnit qarshiligi katta bo‘lgan havo, moy, chulg‘amning mis yoki alyuminiy simlari va izolyatsiyalar orqali tutashganligidan u mazkur chulg‘am MYuK ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Tarqoq magnit oqimi Ф1 kuch chiziqlari faqat birlamchi chulg‘am o‘ramlari bilan bog‘langan holdagi oqim ilashish (1 Ф1w1) tufayli ularda EYuK e1 hosil bo‘ladi. Uning oniy qiymati quyidagiga teng: e1 – w1 (dФ1 dt) – d1dt. (3.4) U reaktiv xarakterga ega bo‘lib, tok i0 ga nisbatan 90Cga orqada qoladi. Tarqoq EYuK (e1) ning qiymati chulg‘amdagi tokka mutanosib ravishda o‘zgaradi. Shu tufayli mazkur EYuK ni unga ekvivalent (teng kuchli) bo‘lgan kuchlanish tushishi (kamayishi) orqali ifodalash mumkin. Uning oniy e1 va ta’sir etuvchi Е1 qiymatlari quyidagicha aniqlanadi: e1 – ji0x1; Е1 – jI0 x1 , (3.5) bunda x1 – tarqoq magnit oqim tufayli YuK chulg‘amda hosil bo‘ladigan induktiv qarshilik. Salt ishlash rejimi uchun (indeks «0») kuchlanish va EYuK lar muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi: U1.0 – E1 I0 x1 I0 r1 . (3.6) Kuch transformatorining salt ishlashida birlamchi chulg‘amdagi kuchlanish tushishi U jI0x1 I0r1 kuchlanish U1N ning 0,5 foizidan oshmaganligidan ularni e’tiborga olmagan holda, (3.6) ni quyidagicha yozish mumkin: U1.0 – E1 w1 dФ dt. (3.7) Bundan: chulg‘amga berilgan kuchlanish U1 shu chulg‘amda hosil bo‘lgan EyuK E1 ga miqdor jihatdan teng, faza jihatdan esa 180 ga siljigan ekanligi kelib chiqadi. Kuchlanish va EYuK lar ta’sir etuvchi qiymatlarini miqdor jihatdan tahlil qilingan hollarda U1 E1 deb hisoblash mumkin bo‘ladi. Transformator salt ishlaganda (I2 0) ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U2.0 E2 bo‘ladi. Demak, U1.0 E1; U2.0 E2 . (3.8) Bundan, (3.3) ni ham hisobga olgan holda quyidagi nisbatlar tengligini yozish mumkin: U1.0 U2.0 E1 E2 w1 w2 . (3.9) Bu nisbatni transformatsiyalash koeffitsienti (k) deyiladi. (3.9) dan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosa kelib chiqadi: agar U1 kuchlanish berilgan bo‘lsa chulg‘amlarning w1 va w2 o‘ramlar sonini tanlash yo‘li bilan kuchlanish U2 ning zaruriy qiymatini olish mumkin ekan. Transformatsiyalash koeffitsienti GOST bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: k EYK EPK wYK wRK UYK UPK , (3.10) bundagi UYK va UPK kuchlanishlar salt ishlash rejimining nominal qiymat-laridir. Real transformatorning salt ishlash rejimini xarakterlaydigan teng-lamalarni vaqt bo‘yicha sinusoidal shaklda o‘zgarayotgan kuchlanish, EYuK va toklar uchun kompleks shaklida quyidagicha yoziladi: M u h i m x u l o s a. Salt ishlashda transformator orqali elektr energiya uzatilmaydi. Bunday rejimda uning ikkilamchi chulg‘ami chastotasi bir xil, kuchlanishining qiymati esa boshqa (E2 U2.0) bo‘lgan o‘zgaruvchan tok manbai vazifasini bajarishi mumkin. Nazorat savollari 1. Magnit o‘tkazgichning tuzilishi va ahamiyati nimadan iborat? 2. Magnit o‘tkazgichi umumiy bo‘lgan uch fazali transformatorning mag-nit sistemasi qanday hosil qilingan? 3. Chulg‘amlarning qanday turlari mavjud? 4. Nima uchun vinsimon chulg‘amning simlari transpozitsiya қilinadi? 5.Transformatorning ahamiyati nimadan iborat? 6. Transformatorlar qanday belgilariga binoan tasniflanadi? 7. Kuch transformatorlariga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling