Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


Transformatorlarning chulg‘amlari va ularning konstruksiyasi


Download 1.55 Mb.
bet5/8
Sana13.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1355633
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mа’ruzа №2. Документ Microsoft Word

2.2. Transformatorlarning chulg‘amlari va ularning konstruksiyasi
Chulg‘amlar transformatorning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular elektr energiyani o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan magnit maydonni vujudgakeltirishni hamda transformatorni amalda ishlatish uchun muhim bo‘lgan EYuK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
Chulg‘amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o‘rash uchun to‘lanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 fo-izini tashkil etadi. Transformatorning xizmat muddati uning og‘ir sharoit-larda ishlaydigan chulg‘amlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.
O‘zakda joylashishiga ko‘ra chulg‘amlar konsentrik va almashinuvchi turlarga bo‘linadi. Almashinuvchi chulg‘amlarda YuK va PK g‘altaklar o‘zak baland-ligi bo‘yicha navbatma-navbat o‘zaro almashingan bo‘ladi. Almashinuvchi chul-g‘amlar asosan maxsus transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida,odatda, konsentrik chulg‘amlar qo‘llaniladi. Bunda o‘zak yaqiniga PK chulg‘am, uning tashqarisiga esa YuK chulg‘am joylashtiriladi. Konstruksiyasi va o‘rashusuliga ko‘ra konsentrik chulg‘amlar silindrik, g‘altakli va vinsimon turlarga bo‘linadi. Katta quvvatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha o‘nlargacha yetishi mumkin.Shu sababli bunday transformatorlaring PK chulg‘ami uchun bir necha to‘g‘riburchak kesimli simlardan parallel bajarilgan ko‘p yo‘lli vinsimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Vinsimon chulg‘amda (2.4,b-rasm) parallel simlar konsentrik ravishda chulg‘am o‘qidan har xil uzoqlikda joylashganligi tufayli o‘zakka yaqinroq joylashgan simlarganisbatan undan uzoqda joylashganlari uzunroq bo‘ladi. Bu farq shu simlar aktiv va induktiv qarshiliklarining tengsizligini vujudga keltiradi vaularda toklar bir tekis taqsimlanmaydi.



Vinsimon chulg‘amlarda parallel simlardagi tokning bir tekis taqsimlanishi uchun bir o‘ramni hosil qiluvchi simlarni ma’lum sxemada o‘rin al-mashtirib (transpozitsiya qilib) joylash talab qilinadi (2.4,a-rasm). Bunda har bitta sim bitta o‘ram chegarasida mumkin bo‘lgan hamma holatlarni nav-batma-navbat egallashi lozim bo‘ladi.


Quvvati SN ≤ 630 kVA va kuchlanishi UN ≤ 35 kV gacha bo‘lgan transformatorlarda PK chulg‘am uchun dumaloq kesimli simdan yasalgan ko‘p qatlamli silindrik chulg‘amlar qo‘llaniladi (2.4,s-rasm).
Uzluksiz g‘altakli chulg‘amda bitta g‘altakdan ikkinchisiga simni uzmas-dan o‘tiladi (2.4,d-rasm). Bunday chulg‘amning afzalliklariga tayanch yuzasi-ning kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan bo‘ylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovitish yuzasining kattaligi kiradi. Shu af-zalliklari tufayli uzluksiz chulg‘am keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Transformator chulg‘amlarining uchlari bak qopqog‘ida o‘rnatilgan maxsus chinni izolyatorlar ichidan o‘tgan kesim yuzasi nisbatan katta bo‘lgan o‘t-kazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi.
Moy bilan sovitiladigan («moyli») va havo bilan tabiiy ravishda sovitiladigan («quruq») transformatorlarning chulg‘amlari A (105 C) qizishga chidamlilik klassidagi kabel qog‘ozi tasmasi bilan izolyatsiyalangan PB markali mis va APB markali alyuminiy o‘rov simlaridan hamda mis va alyuminiy tasmasidan yoki o‘lchami chulg‘am balandligiga teng bo‘lgan folgadan tayyorlanadi. Šuruq transformatorlarda (2.5-rasm) «V» va «F» klasslariga kiruvchi izolyatsiyali o‘rov simlarini ham keng qo‘llaydilar.

Chulg‘amlarning yo‘l qo‘yiladigan (me’yoriy) temperaturasi transformator moyining temperaturasi (105 C) bilan, ya’ni «A» klassidagi izolyatsiya bilan belgilanganligi sababli, bundan katta temperaturaga mo‘ljallab tayyor-langan izolyatsion material moyli transformatorlarda qo‘llanilmaydi.Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 1101200 kV bo‘lgan so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan transformatorlarda YuK chulg‘am uchun to‘qima chulg‘amlar keng qo‘llanila boshlandi.


To‘qima chulg‘amda qo‘shni o‘ramlar orasidagi kuchlanishlar farqi uzluksiz chulg‘amnikiga nisbatan n/2 marta katta. Bunda qo‘shni g‘altaklar orasidagi kuchlanish pasayadi, bu holda ekranlovchi o‘ramlar va ayrim g‘altaklarni qo‘shimcha izolyatsiya qilish talab qilinmaydi.

2.3. Transformator va avtotransformator chulg‘amlarining ulanish usullari, chulg‘am uchlarining standart bo‘yicha yangicha belgilanishiva uni tajribada tekshirish


Uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish usullari. Umumiy maqsadli uch fazali transformatorlarning chulg‘amlari asosan «yulduz»(Y) (2.6, a-rasm) va «uchburchak» () (2.6,b-rasm), ayrimlari esa «zigzag» (Z)(2.6,s-rasm) usulida ulanadi.

2.6-rasm. Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarining ulanish usullari: a – yulduz–yulduz (Y/Y); b – yulduz–uchburchak (Y/); s – yulduz–zigzag (Y/Z)
Chulg‘amlar Y usulida ulanganda, liniya kuchlanishi U = Uf, liniya toki esa I = If bo‘ladi. Bu nisbatlar simmetrik rejim uchun to‘g‘ridir.
Odatda, uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning YuK chulg‘ami ulanish usulining shartli belgisi kasr suratida, PK chulg‘aminiki esa kasr maxrajida ko‘rsatiladi (masalan, Y/Y, Y/, Y/Z). Uch fazali uch chulg‘amli transformatorlarda chulg‘amlarning sxemalari YuK / O’K / PK ketma-ketlikda, ya’ni Y/Y/ yoki Y//ko‘rinishda belgilanadi.
Zigzag usulida ulangan ikkilamchi chulg‘am ikkita teng qismga ajratilib, magnit o‘tkazgichning har xil sterjenlariga joylanadi va ular o‘zaro qarshi ulanadi. Bu holda fazaviy chulg‘am g‘altaklarining EYuK vektorlarini geo-metrik ayirish natijasida hosil bo‘ladigan fazaviy EYuK, shu fazani hosil qiluvchi har qaysi g‘altak EYuK dan marta katta bo‘ladi (2.7.b-rasm).
Bu g‘altaklar mos ulanganida esa, fazaviy chulg‘am g‘altaklarining EyuK lari geometrik qo‘shilib natijaviy EYuK kam bo‘lishidan amalda g‘altaklarni teskari ulaydilar.
Teskari ulangan g‘altaklardagi natijaviy EYuK normal fazaviy chulg‘amning EYuK (Yef = 2 Yef)ga nisbatan 2/ =1,15 marta kichik bo‘lishidan (Yef – bitta g‘altakning EYuK) chulg‘am «Z» sxemasiga ulanganda zaruriy EYuK Yef ni olish uchun o‘rov simi 15 % ko‘p sarflanadi. Bu esa uning kamchiligidir.

PK chulg‘ami «Z» sxemasiga ulangan trans-formator quyidagi ijo-biy xususiyatlarga ega bo‘ladi:


1) nosimmetrik yuk-lamada kuchlanishning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli transformator salt ishlagandagi PK chulg‘am kuchlanish shakliga yaqin bo‘ladi, demak, fazaviy kuchlanishlar shakli deyarli o‘zgarmaydi;
2) teng yelkali zigzagda PK chulg‘amdan 1: :3 nisbatdagi uchta kuchla-nish olish mumkin. Masalan, fazaviy chulg‘amining yarmida (bitta yelkada) – Uf = 127 V, bitta fazaviy chulg‘amda – Uf = Uf + Uf =220 V (bunda Uf
PK chulg‘amning boshqa faza ta’siridagi ikkinchi yelka kuchlanishi) va fazalararo (liniyaviy) kuchlanish esa U = Uf = 380 V bo‘ladi.
2.1-jadval. Transformator chulg‘amlari uchlarining belgilanishiga oid namunalar (GOST 11677–85 va unga kiritilgan № 1, 2, 3, 4 o‘zgartirishlar asosida)

1.01.1987 yilgacha ishlab chiqarilgan (Ilgarigi)

1.01.1987 y. dan keyin ishlab chi-qarilgan (Yangi)

Ilgarigi
belgilanishi

Yangi
belgilanishi

1) Uch fazali ikki chulg‘amli

3) Uch fazali uch chulg‘amli








2) Bir fazali ikki chulg‘amli



4) Uch fazali ikki chulg‘amli
avtotransformator



PK chulg‘ami «Z» sxemasiga moslab tayyorlangan uch fazali kuch transfor-matorlari amaliyotda nosimmetrik yuklamaning ta’siri kuchli bo‘lgan sohalarda (masalan, to‘g‘rilagich qurilmalarida va boshq.) fazaviy kuchlanishlar shaklining deyarli o‘zgarmasligi katta samaradir.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling