Qo‘shilmalar. Plastik sergil xom ashyo sopol materiallar ishlab chiqarishda kam
ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ular ko‘p kichrayadi, buning natijasida
buyumlar qiyshayadi va yoriqlar bilan qoplanadi. Kichrayishni kamaytirish uchun xom
ashyo aralashmasining tarkibiga gilni kamaytiruvchi materiallar (qum, shlak, qattiq
yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan kul, maydalangan sopol sinig‘i, shamot va
boshqalar) kiritiladi.
g‘ovakligi yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan engil sopol materiallar
olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi qo‘shilmalar
kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib bitadi (qipiq, ko‘mir kukuni, torf va boshqalar).
Boyituvchi va plastiklovchi qo‘shimchalar (yuqori plastik va bentonitli gillar, ko‘mir
qazib chiqarishdagi chiqindilar, sulfit-spirtli barda(qog‘oz ishlab chiqarish chiqindisi) va
boshqalar) gil aralashmasiga tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning plastikligini
oshirish, gillarning qoliplanish va qurilish xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi.
Sopol materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, sopol materiallar va
buyumlar ishlab chiqarish
Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyodir.
Gilning texnologik xossalarini yaxshilash uchun, shuningdek, tayyor buyumlar ma’lum
fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun yog‘sizlantiruvchi, kuyib ketadigan va
plastik qiladigan qo‘shimchalar ishlatiladi.
Sopol materiallar va buyumlar turli-tuman o‘lcham, shakl, fizik-mexanik xossalarga
ega bo‘ladi va turli maqsadlarda foydalaniladi, lekin ularni ishlab chiqarish texnologik
jarayonini asosiy bosqichlari taxminan bir xil bo‘ladi va xom ashyo materiallarni qazib
olish, xom ashyo massani tayyorlash, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish,
pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |