Ma’ruza 4 osmon sferasining sutkalik aylanishi
Download 171.5 Kb.
|
4-MA’RUZA OSMON SFERASINING SUTKALIK AYLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOritqichlarni meridian orqali o‘tishi
19-шакл. Шимолий ўрта кенгликда ёритќичларининг кўриниши.
Sutkalik parallellari NF sutkalik parallelidan yuqorida yotuvchi va quyi kulminatsiyasi osmon gorizontining shimoliy nuqtasi N dan o‘tuvchi yulduzlar kenglikdagi nuqtaning gorizontidan yuqorida bo‘ladi, ya’ni botmaydigan bo‘ladi (19-shakl). Masalan ZL sutkalik paralleliga ega eritgich botmaydi Ammo quyi kulminatsiya momentida gorizontning shimoliy nuqtasida bo‘luvchi yulduzning og‘ishi QF yoki Q'N yoylari bilan o‘lchanadi, ya’ni (90°-)ga teng bo‘ladi. Demak, shimoliy yarim sharda og‘ishi quyidagi shartni qoniqtirgan yulduzlar botmaydigan bo‘ladi. (90°-) (26) YUqori kulminatsiyasi osmon gorizontini janubiy nuqtasi S dan o‘tuvchi va sutkalik parallellari SD sutkalik parallelli va dunyo janubiy qutbi R' oralig‘iga joylashgan yulduzlar chiqmaydi. Bunday yulduzlarning sutkalik parallellari doimo gorizont ostida bo‘ladi. YUlduz og‘ishi esa yuqori kulminatsiya momentida manfiy ishoraga ega bo‘lib, QS yoyi bilan o‘lchanadi va (90°-)ga teng bo‘ladi SHunday qilib, shimoliy yarim shardagi kuzatuvchiga og‘ishi - (90°-) (27) shartini qoniqtirgan yulduzlar chiqmaydigan bo‘ladi. Sutkalik parallellari NF va SD parallellari oralig‘ida yotuvchi yulduzlar ham manfiy, ham musbat ishorali og‘ishga ega bo‘ladilar. Bunday yulduzlar botuvchi va chiquvchi yulduzlar toifasiga kiradi. Sutkalik paralleli osmon ekvatoriga mos tushgan yulduzlarning og‘ishi =0 bo‘lib, sutka davomida osmon gorizontiga sharqiy nuqta E da va g‘arbiy nuqta W da kesib o‘tadi. Bunday yulduzlarning gorizont ustida ham, gorizont tagida ham bo‘lish vaqtlari o‘zaro teng bo‘ladi. SHimoliy yarim shardagi kuzatuvchi uchun og‘ishi quyidagi shartni qoniqtirgan yulduzlar chiquvchi va botuvchi bo‘ladi: -(90° - ) +(90° – ) (28) YOritqichlarni meridian orqali o‘tishi Barcha yoritqichlar sutka davomida er sirtidagi kuzatish nuqtasining osmon meridianlari orqali ikki mapta o‘tadi «Osmon sferasining asosiy doira va nuqtalari»ni o‘rganganimizda, yoritqichning osmon meridianining yuqori qismidan o‘tish momenti yuqori kulminatsiya, pastki qismidan o‘tish momenti esa pastki kulminatsiya deyilishini ko‘rgan edik Agar kuzatuvchi ekvatorga turgan bo‘lsa, barcha yoritqichlarning yuqori kulminatsiyasi gorizont ustida, quyi kulminatsiyasi esa gorizont ostida bo‘ladi. Ekvator va geografik qutblar orasidagi 0°<<90° kenglikda turgan kuzatuvchi uchun botmaydigan yulduzlarning ikkala kulminatsiyalari gorizont ustida, chiqmaydigan yulduzlarning kulminatsiyalari esa gorizont ostida bo‘ladi. CHiquvchi va botuvchi yulduzlarning yuqori kulminatsiyasi gorizont ustida, quyi kulminatsiyasi esa gorizont ostida bo‘ladi. Erning istalgan qutbida turgan kuzatuvchi uchun yulduz kulminatsiyalari yo‘q bo‘ladi, bunga sabab bu holatda osmon meridiani tushunchasining o‘zi mavhum bo‘lib qoladi. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling