Ideal gaz va uning makroskopik parametrlari. Harorat.
Mexanikadagi kabi, molekulyar fizikada ham hisoblashni osonlashtirish uchun xizmat qiladigan
ideallashtirilgan model-ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gaz deb ko’yidagi shartlarni
bajaradigan gazga aytiladi:
1. gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e’tiborga
olmaydigan
darajada kichik;
2. gaz molekulalari orasida o’zaro ta’sir kuchlari mavjud emas;
3. gaz molekulalarining o’zaro va idish devorlari bilan urilishi absolyut elastik.
shuni ta’kidlash kerakki, real gazlar ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda (kislorod, geliy) va
yuqori harorat,past bosimda o’z xossalari bilan ideal gazlarga juda o’xshab ketadi.
Bundan tashqari
molekulalarning xususiy hajmlari va o’zaro ta’sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz
qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: