Absolyut nol harorat
Xalqaro amaliy shkalada haroratni aniqlashning tayanch nuqtalari
sifatida,normal atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash haroratlari olingan. so’ngra bu oralik
teng yuzga bo’linib harorat shkalasi hosil qilingan. Bunday shkalani birinchi bo’lib shvetsiyalik olim
selsiy (1742 yilda) taklif kilganligi uchun unga tselsiy shkalasi ham deyiladi.
Haroratning termodinamik shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif qilingan. Bu
shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin
,
qabul qilingan. (1-rasm) Bu
haroratda ideal gazning bosimi nolga teng bo’ladi, ya’ni molekulalari harakatdan to’xtaydi.
dan
pastgi harorat bo’lishi mumkin emas va shu bilan birga bu haroratga etishib ham bo’lmaydi.
ga
abslyut nol harorat deyiladi.
Ideal gazning qonunlari. Holat tenglamasi.
Yuqorida ideal gaz uchta parametr: harorat
, hajm va bosim lar bilan xarakterlanishi haqida
aytilgan edi. Bu parametrlarning birortasining o’zgarishi hech bo’lmaganda ikkinchisining ham
o’zgarishiga olib keladi. sistemadagi jarayonlarni soddalashtirib o’rganish maqsadida parametrlarning
birortasi o’zgarmay qolib (izojarayonlar) qolgan ikkita o’zgaradigani orasidagi bog`lanishlarni
ko’raylik. Bu qonunlar molekulyar-kinetik nazariya yaratilganga qadar tajribalar yordamida
aniqlangan. shuning uchun ham ular ideal gazning tajribaviy qonunlari deyiladi.
Boyl - Mariott qonuni
Berilgan massali gaz uchun, temperatura o’zgarmas
bo’lganda, gaz bosimining uning hajmiga ko’paytmasi
o’zgarmas kattalikdir:
yoki
Temperatura
o’zgarmas
bo’lganda,
modda
xususiyatini tavsiflovchi
va kattaliklar orasidagi
bog’lanishni tasvirlovchi egri chiziq izoterma deb ataladi
(2 - rasm).
Termodinamik jarayon sodir bo’ladigan temperatura qiymati oshishi bilan, izotermani
tasvirlovchi giperbola ham yuqoriga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |