Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi


Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi


Download 374.88 Kb.
bet3/35
Sana31.01.2024
Hajmi374.88 Kb.
#1829794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org

Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi. 
Qattiq jismlar izotrop va anizotrop bo’lib ikkiga bo’linadi. Izotrop jismlarning xossalari barcha 

yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Anizotrop jismlarniki bo’lsa har xil yo’nalishlar bo’yicha


xossalari har xil. Anizatroplarga misol tariqasida kristallni olsak bo’ladi. Shuning bilan birga ayrim 
jismlar xossalariga qarab izotrop, boshqalari bo’lsa anizatrop bo’lishi mumkin.
Jismning deformatsiyasi jismga ta’sir qiladigan kuchga va moddaning turiga bog’liq. 
Moddalarning xossalariga va deformatsiyaning xarakteriga bog’liq holda elastik va plastik
materiallarga bo’linadi. Tashqi kuch to’xtagandan keyin deformatsiya to’liq yo’qolib jism dastlabki 
shakliga kelsa bunday moddalarni absolyut elastik deb ataymiz. Agar tashqi ta’sir to’xtagandan keyin
ham deformatsiya saqlanib jism o’zining dastlabki shakliga qaytmasa bunday moddalarni plastik deb 
ataymiz. Masalan, po’lat va rezina elastik, plastilin va qo’rg’oshin bo’lsa plastic moddalardir. Shartli
turda jismlarni elastik va plastikka ajratamiz, chunki ko’p hollarda bir vaqtning o’zida jism ham elastic 
ham plastic bo’lishi mumkin. Qo’rg’oshindan yasalgan spiral kichik deformatsiyalarda elastic
xususiyati, lekin katta deformatsiyalarda plastic xususiyati yuz beradi. Mashinaning ehtiyot qismlarini 
tayorlash uchun materiallarni yig’ganimizda materiallarnig mo’rtlik va qattiqlik xossalarini ham
hisobga olishimizga to’g’ri keladi. Ma’lum bo’lishicha jismga ta’sir qilayotgan kuch asta-sekin 
ortishida dastlab elastic deformatsiya, keyin (kuchning etarlicha katta qiymatlarida) plastic
deformatsiya vujudga kelar ekan. Lekin bazibir materiallar plastic deformatsiya sodir bo’lgunicha 
ishdan chiqar ekan. Materiallarning bunday xossasi mo’rtlik deb ataladi. Masalan, oq cho’yan va oyna
mo’rt materiallardir. 
Materialning qattiqligi shartli tushunchadir, chunki qattiqligini aniqlashga va uni o’lchash
metodlariga yolg’iz yondashish yo’q. Jism qattiqligini boshqa jismga nisbatan baholash mumkin. Bitta 
jism boshqa jism yuzida tirnalgan dog’ qoldirsa o’sha jismni qattiqroq deb hisoblaymiz. Masalan,
olmos oynaga nisbatan qattiqroqdir. 
Ta’riflangan moddalarni xossalari tashqi sharoitlarga bog’liq. Harorat va bosim o’zgarganda ular
sezilarli ravishda o’zgarishi mumkin. Masalan, -100 
0
C da qo’rg’oshin elastiklik xususiyatiga, po’lat 

bo’lsa juda katta bosimlarda plastic xususiyatiga ega bo’ladi.



Download 374.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling