Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Maksvell taqsimot qonunining Shtern tajribasida tasdiqlanishi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika I Sem. 6-12
Maksvell taqsimot qonunining Shtern tajribasida tasdiqlanishi.
Shtern tajribasi – gaz molekulalarining issiqlik harakati tezliklari bo’yicha taqsimlanishni isbotlaydi. Shtern o’z tajribasida, tirqishli tsilindrning o’qi bo’ylab tarang tortilgan, kumush bilan qoplangan plastinali simni oladi (3 - rasm). Plastinali simdan tok o’tganda yuqori temperaturagacha qizib, kumush molekulalarini bug’lantiradi. Simdan uchib chiqayotgan kumush molekulalari asosan
silindrning ichki sirtida ushlanib qoladi. Faqat bu sirtdagi perpendikulyar tirqishga to’g’ri keluvchi molekulalargina undan chiqib, tsilindr sirtining nuqtasida yig’ilib, qatlam hosil qiladi. Bu qatlamning ko’ndalang kesimi 3, B - rasmda ko’rsatilgan. Bu qatlam qancha ingichga bo’lsa, molekulalar harakat tezliklarini shuncha aniq o’lchash mumkinligi aniqlangan. Butun qurilma 0 o’q atrofida
burchak tezlik bilan harakatga keltirilganda, kumush iz silindr sirtining nuqtasi atrofida hosil bo’ladi, chunki vaqt ichida molekulalar – masofani bosib o’tguncha sirtning nuqtalari masofaga siljishga ulguradi. Kumush molekulalarining tezligini quyidagi yo’l bilan topish mumkin. Molekulalarning 0 o’qdagi radiusli silindr sirtiga kelishdagi harakat vaqti
ga teng bo’ladi. Ikkinchidan, bu vaqtni sirtdagi yoy nuqtalarining
chiziqli tezligiga bo’lish orqali topish mumkin
(12.6)- va (12.7)- ifodalarning o’ng tomonlarini tenglashtirsak,
ga ega bo’lamiz. bu tajribada burchak tezlik va tashqi silindr radiusi o’zgarmas kattaliklardir, shuning uchun kumush molekulalarining katta tezligiga yoyning kichik nuqtalari to’g’ri keladi. yoy bo’yicha kumush molekulalarining hosil qilgan qatlamining ko’ndalang kesimi 3, v - rasmda keltirilgan. Qatlam qalinligining o’zgarishi berilgan temperaturada molekulalarning tartibsiz harakat tezliklari bo’yicha taqsimlanishini ko’rsatadi. Molekulalarning ko’pchiligi o’rtacha tezlikka yaqin tezlik bilan harakatlanishi kuzatiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling