Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari


ustma-ust joylashgan va yonbosh jinslarni kо‘chirish bilan bog‘liq tozalash ishlari


Download 88.83 Kb.
bet2/8
Sana24.03.2023
Hajmi88.83 Kb.
#1294139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma\'ruza

ustma-ust joylashgan va yonbosh jinslarni kо‘chirish bilan bog‘liq tozalash ishlari
207. Yonbosh jinslar va shipni kо‘chirish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda:
A) agar shipning kо‘chishi kо‘chirish qadami pasportida belgilangan muddatdan ortiq muddatga kechiksa, sun’iy kо‘chirish usuli qо‘llanilishi lozim; bunday hollarda ship kо‘chgunga qadar tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi;
B) shipni sun’iy kо‘chirish ishlari qо‘shimcha ravishda ishlab chiqilgan va shaxtaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq bajarilishi kerak;
V) kо‘chirish ishlarini bajarish paytida yondosh zaxodkalarda, portlatish yordamida kо‘chirish paytida esa pastki qavatostida odamlar bо‘lmasligi kerak;
G) eruvgarchilik paytida ochiq konlarda vaqtinchalik saqlovchi tirgaklar о‘rnatmasdan mahkamlash inshootini qirqib olish ta’qiqlanadi; ship mustahkam bо‘lganda signal ustunchalari о‘rnatilishi shart.
208. Kо‘chiriladigan uchastkadan chiqish joylari kо‘chirish ishlari boshlangunga qadar yog‘ochlar, kon jinslari, vagonetkalardan tozalanishi, zarur hollarda esa qо‘shimcha mahkamlanishi kerak.
209. Qatlamida oquvchan loylar, qurimagan qum, suglinoklar va suv yoki gazlar bilan tо‘lgan karstlar bо‘lgan suriluvchan jinslarni kо‘chirib qazib olish tizimini qо‘llash ta’qiqlanadi.
210. Shipni kо‘chirib tushirish ishlarida band bо‘lgan ishchilar mahkamlangan joylarda turishlari kerak. Himoya mahkamlash inshootida bir biridan kо‘pi bilan 5 m masofada joylashgan kamida 0,7 m kenglikdagi darchalar qoldirilishi kerak.
Shipni kо‘chirib tushirish ishlari texnik nazorat xodimi, lekin kamida uchastka boshlig‘i yordamchisining ish joyida bevosita rahbarligi ostida bajarilishi kerak.
Shipni kо‘chirib tushirish paytida tozalash zaboyida kо‘chirish bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa ishlarni bajarish ta’qiqlanadi.
Shipni kо‘chirib tushirish paytida qatlam (plast) ning tushish burchagi 15o dan ortiq bо‘lganda shipni lavaga tushirishda mahkamlash inshooti faqat pastdan yuqoriga yо‘nalishi bо‘yicha chiqarib olinishi kerak.
Agar ship butun lava bо‘ylab bir vaqtda tushirilmasa, balki alohida qismlarga adratib tushirilsa, uchastkalardagi mahkamlash inshootini chiqarib olish va shipni tushirish bitta yо‘nalishda ketma-ket bajarilishi kerak.
Lavani tushirish paytida kon jinslari bо‘laklari tiralib turgan va atrofidagi jinslar maydalangan tirgaklarni chiqarib olish ruxsat etilmaydi. Bunday tirgaklardan tashqari ishchilarni kon jinslarining siljishi boshlanganligi tо‘g‘risida ogohlantirish uchun mо‘ljallangan nazorat tirgaklari ham qoldirilishi kerak.
Shipni alohida uchastkalar bilan yoki butun lava bо‘ylab tushirish tartibi har qaysi alohida holat uchun shiplarni mahkamlash va boshqarish pasportida belgilanadi.
211. Qatlam bilan kо‘chirish tizimida ustma-ust joylashgan kon jinslarini va egiluvchan tо‘shama (mat) ni tushirish paytida:
a) zaxodkalar va lavani bekitishda mahkamlash inshootini uzish ishlari elektr usuli yordamida yoki detonatsiya shnuri bilan amalga oshirilishi kerak;
B) qо‘zg‘atuvchilarning og‘izlari ishonchli bekitilgan bо‘lishi kerak;
V) egiluvchan tо‘shama osilib qolganda u bartaraf etilgunga qadar, shuningdek qoplama jinslar harakatlanayotganda va kо‘chib tushayotganda qatlamni о‘yish bо‘yicha tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi;
G) ruda tanasini qazish bilan boshlangan birinchi qatlamni о‘yishda tuproq ustiga egiluvchan tо‘shama (mat) hosil qilish uchun kuchaytirilgan tо‘shama о‘rnatilishi va qoplama jinslarni sun’iy tarzda kо‘chirish, qazilma shipida burg‘ilangan quduqlardagi zaryadlarni portlatish yо‘li bilan olti metrli saqlovchi jins yostig‘ini hosil qilish choralari kо‘rilishi kerak;
D) kо‘chirilgan bо‘shliq yoki ishlab turgan zaxodka yoki lava о‘rtasida kamida bitta va kо‘pi bilan uchta qazilgan zaxodka yoki mintaqa qoldirilishi, ular mustahkam mahkamlangan bо‘lishi kerak;
Ye) zaboyni tutash zaxodkadan portlatilgandan keyin buzish ruxsat etilmaydi.

Download 88.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling