Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari
tozalash qazilmagoxlarini maxkamlash
Download 88.83 Kb.
|
7-Ma\'ruza
tozalash qazilmagoxlarini maxkamlash
222. Kon jinslari yumshoq, bо‘sh bо‘lganda tirgak mahkamlash inshootlari qо‘llanilganda ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun g‘ovak qatlam (plast) larda tozalash zaboyining shipi, tik qazilmalarda esa osma va yotma yonlar mahkamlanishi kerak. Mahkamlash yog‘och, tо‘r, tо‘rli shtangalar yordamida bajarilishi kerak. 223. Tik va qiya ruda tanalarini tirgak mahkamlash tizimi yordamida qazishda о‘yiladigan bо‘shliq kengligi 3 m dan oshmasligi kerak. 224. Tozalash zaboylarini mahkamlash mazkur qoidalarining 62-bandida kо‘zda tutilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan mahkamlash pasportiga muvofiq bajarilishi kerak. 225. Tozalash zaboyidagi shikastlangan mahkamlash inshootlarini tiklash boshqa ishlardan oldin bajarilishi kerak. 226. Kirish qazilmasi mavjud bо‘lgan qatlamlar, qavat osti, о‘yma shtrek (orta)lar kesishgan joylar kirish о‘ymasi boshlangunga qadar mustahkam mahkamlanishi kerak. 227. Bо‘sh rudalarda stanokli mahkamlash inshootlari yordamida qazish tizimida zaboy shiplari portlatish ishlari bajarilgandan keyin doimiy mahkamlash inshootlari о‘rnatilgunga qadar vaqtinchalik mahkamlash inshootlari bilan tutib turilishi kerak. ishchilarning tozalash kazilmagoxlari bо‘ylab xarakatlanishi 228. Tozalash zaboylari bilan aloqa mazkur qoidalarining talablariga muvofiq jihozlangan yurish bо‘linmalari orqali amalga oshirilishi kerak. Yurish bо‘linmalari doim rudadan tozalab turilishi va foydalanish uchun yaroqli holatda bо‘lishi kerak. 229. Tik va qiya ruda tanalarida tirgak mahkamlash inshootlari yordamida qazish tizimida ishchilar tozalash zaboyiga kо‘chirilgan kirish joyi orqali kirishlari va kamardan kamarga faqat narvonlar bо‘ylab harakatlanishlari kerak. 230. Mustahkam zamindan tashkil topgan о‘ymalarda kamarlar ishchilarning kamardan kamarga о‘tishlari uchun narvonlar bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. 231. Qiya qatlamni bekitish paytida kameraga kirish ta’qiqlanadi. 232. Qavat osti о‘pirish yordamida qazish tizimida skreper blokchasini о‘rnatish uchun о‘pirilayotgan bо‘shliqqa kirish ta’qiqlanadi. Blokcha strelaga mahkamlanishi kerak. 233. Qavat osti shtreklar yordamida qazish tizimida ochiq kamerada odamlarning bо‘lishi ruxsat etilmaydi. 234. Majburiy qavatli о‘pirish yordamida qazish tizimida ishchilarning qazilmalardan massivni qirqish va о‘pirish paytida hosil bо‘lgan bо‘shliqlarga chiqishi ta’qiqlanadi. 235. Ruda otboykasi uchun chuqur quduqlarni burg‘ilash ishlari bajariladigan qavat va qavatosti qazilmalardan kameraga chiqish joylari tо‘silgan bо‘lishi kerak. Download 88.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling