Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari


tozalash о‘ymasida burgilash, otboyka va kо‘chirish


Download 88.83 Kb.
bet3/8
Sana24.03.2023
Hajmi88.83 Kb.
#1294139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma\'ruza

tozalash о‘ymasida burgilash, otboyka va kо‘chirish
212. Qavat osti shtreklar bilan qazib olish tizimida rudani ochiq zaxodkalardan otboyka qilish ishlari saqlovchi kamarlardan foydalangan holda bajarilishi kerak.
Darzli va nomustahkam rudalarda ularni ochiq zaxodkalardan otboyka qilish ta’qiqlanadi
213. Rudani magazinlagan holda qazish tizimida:
A) ruda chiqayotganda magazin kamerasida ishchilarning bо‘lishi, ship va yon devorlar kо‘chirilgunga qadar burg‘ilash va rudani maydalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi;
B) ship va ushatilgan ruda о‘rtasidagi masofa 2,5 m dan oshmasligi kerak.
V) kamera shipi va yon devorlaridagi zaif joylar vaqtinchalik yoki doimiy mahkamlash inshootlari bilan mahkamlanishi kerak;
G) magazinning butun balandligi bо‘yicha ruda otboyka qilingandan keyin unga kirish joylari bekitilishi kerak;
D) tutash bloklarni о‘rtasida selik qoldirmasdan otboyka qilishda ulardan biridagi zaboy chizig‘i ikkinchisidagi zaboy chizig‘idan oldinda bо‘lishi kerak; oldinlash kattaligi loyihada belgilanadi.
214. О‘z-о‘zidan yonishga moyil rudalarni qazib olishda loyihada endogen yer osti yong‘inlari yuzaga kelish xavfiga yо‘l qо‘ymaydigan maxsus tadbirlar kо‘zda kerak.
215. Qavat osti о‘pirilishi usuli bilan qazib olish tizimida:
A) agar loyihada rudani alohida seksiyalar bilan otboyka qilish qabul qilingan bо‘lsa, har qaysi keyingi zaxodka (seksiya) ni faqat oldingi zaxodka shipi tо‘liq tushirilgandan keyin qazish mumkin;
B) agar shtrekusti seliklar mavjud bо‘lsa, «yopiq yelpig‘ich», «noksimon zaxodka» va h. Variantlarda bir nechta zaxodka (seksiya) larni bir vaqtda qazish (zaryadlarni portlatish) ruxsat etiladi.
216. Qavat osti о‘zi о‘pirilish tizimlarida:
A) о‘pirilishga tо‘liq tayyorlangan blokning konturlovchi qazilmagohlarida odamlarning bо‘lishi ta’qiqlanadi;
B) blok (kamera)ni ishlash paytida konturlovchi qazilmalar bilan kuzatish sboykalari orqali bog‘langan maxsus qazilmagohlardan yoki chuqur nazorat quduqlari yordamida о‘z-о‘zidan о‘pirilish jarayoni ustidan nazorat olib borilishi kerak;
V) ruda о‘pirilishi kechikkanda (orqada qolganda) uni chiqarish tо‘xtatilishi kerak.
217. Ruda chuqur vertikal quduqlar bilan otboyka qilinganda:
A) qirqish kamerasida burg‘ilangan quduqlarni zaryadlashdan oldin ularni qirqish kameralaridan tiqinlar bilan bekitish ta’qiqlanadi; bunday hollarda quduqlar tiqinlar bilan faqat tepadan burg‘ilash gorizontidan bekitilishi kerak;
B) qirqma yoriq yuzaga kelganda chuqur vertikal quduqlarda zaryadlarni portlatib yoriqqa odam tushib ketmasligi uchun u tо‘sib qо‘yilishi kerak;
V) burg‘ilash shtreklari yoki ortalar va ulardan tashkil topgan chuqur quduqlarni kovlashda ular zaboyning о‘pirilish chizig‘idan kamida bir burg‘ilash ortasi (shtreki) kattaligida oldinda bо‘lishi kerak.

Download 88.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling