Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari
Download 88.83 Kb.
|
7-Ma\'ruza
seliklarni о‘yish
248. Seliklarni о‘yish uchun maxsus ishlarni tashkil etish va bajarish loyihalari ishlab chiqilishi kerak. Kameralar orasidagi, shtreklar ustidagi ship seliklarni о‘yishda: A) ship va kameralar orasidagi seliklarni о‘pirishdan oldin gorizont otkatka qazilmalarining mahkamlash inshootlari tekshirilishi va ular ishonchsiz bо‘lganda tegishli tarzda mahkamlanishi kerak; b) kameralar orasidagi seliklarni tutash kameralar bekitilmagan yoki ruda yoki jinslar bilan tо‘ldirilmagan holda kon qazilmalarini kavlash talab etiladigan tizimlar yordamida о‘yib olish ta’qiqlanadi; V) selikni о‘yishga tayyorlash yoki unga tutash kameralarni о‘yish uchun ularning mustahkamligiga ta’sir kо‘rsatadigan va loyihada kо‘zda tutilmagan qazilmalarni kavlash ta’qiqlanadi; G) kamera tо‘ldirilmagan sharoitda ship, tub va kameralar orasidagi seliklar yalpi о‘pirish usullaridan biri yordamida о‘yib olinishi kerak; D) ship va kameralar orasidagi seliklarni о‘pirish bilan bog‘liq barcha tayyorlov ishlari kamerani о‘yish ishlari tugagunga qadar bajarilishi kerak; tо‘ldirilmagan kamera shipidagi qazilmalarda har qanday ishlarni bajarish va ularda odamlarning bо‘lishi ta’qiqlanadi, minali kameralar va quduqlarni zaryadlash ishlari bundan istisno; Ye) ship chuqur quduqlar yordamida о‘pirib olinganda ularni burg‘ilash ishlari ship konturi tashqarisida joylashgan va о‘pirilish xavfi bо‘lmagan qazilmalardan amalga oshirilishi kerak; J) shtrek ustidagi selikni о‘yib olishda selikda shpurlarni burg‘ilash, shuningdek rudani chiqarib olish ishlari faqat shtrek yoki ortaning mahkamlash inshooti tagida turib bajarilishi kerak; agar mahkamlash inshooti yaxlit bо‘lsa, uning ayrim ramalarini, agar alohida-alohida bо‘lsa, tortqini qisman olib tashlash ruxsat etiladi; Z) seliklarni elash gorizonti ustidan kon qazilmalari о‘tkazish talab etiladigan tizim yordamida о‘yib olishga bо‘sh kamera tо‘ldirilgach yoki u buzib tashlangandan keyingina ruxsat etiladi; Seliklarni kameralar tо‘ldirilmagan holda bir qavatdan ortiq balandlikda, kameralar tо‘ldirilgan holda ikki qavatdan ortiq balandlikda qoldirish ta’qiqlanadi; K) seliklarni yalpi о‘pirish paytida quyidagilar bajarilishi shart: Ventilyatsiya kashaklarini ochish, havo zarbi yо‘nalishidagi qazilmalardan barcha poyezdlar va nostatsionar uskunalarni olib chiqish, havo tо‘lqini buzib yuborishi mumkin bо‘lgan ventilyatsiya shaxtalari yoki ventilyatsiya kanallarini ochib yuborish; О‘pirilish hududidagi qazilmalarda kabellarni uzib qо‘yish va ularni mexanik shikastlanishdan himoyalash; Stvollardagi kо‘tarish idishlari yalpi portlatish paytida stvol bо‘ylab havo tо‘lqini harakatiga tо‘sqinlik qilmaydigan tarzda joylashgan bо‘lishi kerak; Barcha hollarda portlatishdan kamida ikki sutka oldin bu haqida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi va "sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi organlari xabardor etilishi kerak; L) seliklarni о‘pirish jarayonida kon jinslari ushlanib qolganda yoki ular tо‘liq о‘pirilmagan hollarda osilma bartaraf etilgunga yoki jinslar tо‘liq tushirib olingunga qadar bu uchastkada boshqa ishlarni bajarish ta’qiqlanadi. Download 88.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling