Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari
yer osti qazilmagohlarida kon massasini mexanik maydalashga qо‘yiladigan qо‘shimcha talablar
Download 88.83 Kb.
|
7-Ma\'ruza
yer osti qazilmagohlarida kon massasini mexanik maydalashga qо‘yiladigan qо‘shimcha talablar
249. Maydalash qurilmalardan material bо‘laklar chiqishini oldini olish maqsadida yuklash tuynuklari: A) konusli maydalash qurilmalari uchun – yechib olinadigan berk tо‘siqlar bilan yopilishi; B) yassi maydalash qurilmalari uchun – balandligi kamida 1 m bо‘lgan va maydalash qurilmasining ishchi bо‘shlig‘idan material bо‘laklari chiqishiga yо‘l qо‘ymaydigan soyabonli yon berk tо‘siqlar bilan tо‘silishi kerak. 250. Ventilyatsiya va aspiratsiya qurilmalari yordamida kameradan chiqarib yuboriladigan havo umumiy shaxta havo chiqarish oqimiga yо‘naltirilishi yoki undagi chang miqdori meyorlarda kо‘zda tutilganidan oshmaydigan konsentratsiyaga yetgunga qadar tozalanishi kerak. 251. Maydalash qurilmalarining ishchi bо‘shlig‘iga odamlar tushirilganda ular saqlovchi kamarlardan foydalanishlari va maydalash qurilmalarining yuklash tuynuklari ustiga odamlarni bexosdan narsa tushib ketishidan saqlovchi tо‘shamalar о‘rnatilishi kerak. Bunda maydalash qurilmalarining о‘z-о‘zidan ishlab ketishiga qarshi choralar kо‘rilgan bо‘lishi kerak. Maydalash qurilmasiga tushib qolgan metallni qirqish mazkur qoidalarining 512, 627-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak. 252. Yuklangan maydalash qurilmasi avariyaviy tо‘xtab qolganda uni titish va ishga tushirish maxsus ishlab chiqilgan va shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yо‘riqnomalar bо‘yicha amalga oshirilishi kerak. 253. Yer osti maydalash komplekslari va alohida maydalash qurilmalari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan va о‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha bо‘yicha jihozlanishi kerak. 254. Maydalash paytida portlash xavfi bо‘lgan chang hosil qiladigan materiallarni maydalash ishlari ularning portlashiga yо‘l qо‘ymaydigan choralar kо‘rilgan holda amalga oshirilishi kerak. 255. Maydalash qurilmasiga material yuklash va uning ishlashini kuzatib turuvchi operatorning ishchi maydonchasi unga maydalash qurilmasidan kon jinslari bо‘laklari tushishidan saqlash uchun yacheykalarining о‘lchami 30x30 mm dan katta bо‘lmagan panjarasimon (tо‘rsimon) metall tо‘siqlar bilan jihozlanishi kerak. Agar ishchi maydoncha 1,5 m balandlikda joylashgan bо‘lsa, undan odamlar va predmetlar tushib ketishiga yо‘l qо‘ymaydigan tо‘siq bо‘lishi kerak. 256. Maydalash qurilmalarining ishchi bо‘shlig‘ida yirik material bо‘laklari tiqilib qolganda ular maydalash qurilmasidan kо‘tarish vositalari yordamida chiqarib olinishi yoki «portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalarii» ga rioya qilgan holda portlatilishi kerak. Tiqilib qolgan bо‘laklarni qо‘lda chiqarish, shuningdek ularni ishchi bо‘shliqda qо‘l asbobi bilan maydalash ta’qiqlanadi. Download 88.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling