Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari


Download 88.83 Kb.
bet4/8
Sana24.03.2023
Hajmi88.83 Kb.
#1294139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma\'ruza

Bekitish(to’ldirish) ishlari
218. Qazib olingan kameralarni loyihada kо‘rsatilganidan ortiq muddatga bekitmasdan, chala bekitilgan yoki о‘pirilgan kon jinslari bilan tо‘ldirilmagan holda qoldirish ta’qiqlanadi.
Qazib olingan bо‘shliqda osma va bekitilmagan joylarni qoldirmasdan tо‘ldirilishi kerak.
Tozalash kameralarini qazib olingandan keyin buzish va bekitish tartibi va muddatlari loyihada belgilanadi.
Istisno hollarda bо‘shliqlarni «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan maxsus loyiha bо‘yicha boshqa usullar yordamida lokallashtirish ruxsat etiladi.
219. Qazib olingan tozalash bо‘shlig‘ini tо‘ldirishda:
1. Pastdan yuqoriga tо‘ldirgan holda gorizontal qatlamlar bilan qazib olish tizimida:
A) kо‘pi bilan ikkita qatlam (shu jumladan ruda otboyka qilinadigan qatlam) ni tо‘ldirmasdan qoldirish ruxsat etiladi;
B) qatlamning qalinligi kо‘pi bilan 2,5 m bо‘lishi kerak. Istisno hollarda, ship va bortlarning holatini nazorat qilish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganda qatlam qalinligining 3 m bо‘lishiga ruxsat etiladi;
V) otboyka qilish jarayonida mahalliy о‘pirilish hamda ruda va yon jins о‘pirilishlari qatlami yuzaga kelganda qatlamga mahkamlash inshootlari va bekitish yordamida qо‘shimcha ishlanishi kerak.
2. Stanokli mahkamlash inshooti yordamida qazib olish tizimida bekitilmagan bо‘shliq kо‘pi bilan ikkita mahkamlash inshooti stanogi balandligida bо‘lishi kerak.
3. Vertikal qirqimlar yoki qisqa bloklar bilan qazib olish tizimida yangi seksiyani о‘yishni qо‘shni seksiya tо‘liq kо‘chirilib va bekitilgandan keyin boshlash ruxsat etiladi.
220. Qazish va qazib olingan bо‘shliqni qotadigan materiallar bilan bekitishning kamerali tizimlarida:
A) ishlangan kameralar qotadigan materiallar bilan bekitilgunga qadar barcha chiqarish yoychalari yoki yetkazib berish qazilmalarida ishonchli kashaklar о‘rnatilishi kerak;
B) bekitish materiallari tо‘liq qotmaguncha bekitilgan kameralarga tutash kameralarda tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi. Bekitish ishlari tugagan paytdan boshlab tutash kameralarda tozalash ishlarini boshlashgacha minimal muddat loyihada kо‘rsatiladi;
V) qotadigan materiallar bilan bekitilgan joylardan qazilmalarni kovlash uchun shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishlarni tashkil etish loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
221. Qazib olingan bо‘shliq osilgan va ochiq bо‘shliqlarsiz bekitilishi kerak. Bekitish ishlari tugagandan sо‘ng har qaysi blok bо‘yicha dalolatnoma tuzilishi va shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Download 88.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling