Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 114.23 Kb.
bet21/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Refraktometriya.

Refraktometriya usuli o’rganilayotgan moddaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlashga asoslangan.


Yоrug’lik nuri bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda, o’z yo’nalishini o’zgartiradi, ya’ni sinadi. Bu xolda yorug’lik nurining AV chizig’i va MN normal (ikki muhitning to’qnashish chegarasigacha bo’lgan masofa) orasidagi al’fa og’ish burchagi deb ataladi.
Nurning qulash burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga bo’lgan nisbati koeffisienti (n) deb ataladi va doimiy miqdor hisoblanadi. 1-rasm.
Nurining sinish ko’rsatkichi ko’proq bo’lgan muhitdan (n1) quyidagi munosabatni ko’ramiz.


= yoki n1sinα = n2sinβ = const

Agar yuqoridagi sharoitda L nurning α qulash burchagini o’zgartirsak va O qulash nuqtasida normal uzoqlashtirsak (1, 2, 3 yo’nalishlar). Bu nurlar normalga nisbatan kattaroq burchaklar 11,21, 31 Hosil qiladi.


Qulash nuri (4-yo’nalish) og’ish ko’proq bo’lsa, singandan so’ng normal burchak bilan to’g’ri burchak Hosil qiladi va sindiruvchi tekslik yo’lida sirg’anib turadi. Bu xodisada nur ikkinchi muhitga kira olmaydi va to’liq ikki tasvir Hosil qiladi.
Nur kamroq sindiruvchan muhitdan (n2) ko’proq sindiruvchan muhitga (n1) o’tganda L1 nur chegaralovchi tekslik yuzasidan sirg’snib, L2 xolatini egallaydi. Yorug’lik nuri to’liq ichki tasvir Hosil qildirgan burchak to’liq burchak deb ataladi. Chunki to’liq burchakka 90˚C teng qulash burchagi teng bo’lishi kerak, shu xolatda sinα = 1 va (2) tenglama quyidagicha yoziladi.


=

Sнunday qilib, ichki tasvirning to’liq burchagini bilgach α2, boshqa muhit sindirish ko’rsatkichi ma’lum xolda sinaluvchi moddaning nur sindirish koeffisienti miqdorini topish mumkin. Bu miqdor moddaning quyuqligiga bog’liq.. bu aniqlash usuli refraktometrlash ko’pgina konstruksiyasida foydalaniladi, bu xolda sinaluvchi suyuqlik joylashtirilgan prizma aniq sinish koeffisientiga ega.


Ish boshlashdan avval refraktometrning ko’rsatish to’g’riligi tekshiriladi, buning uchun distillangan (xaydalgan suv) yordamida asbobni 0 nuqtasi tekshiriladi. Buning uchun bir ikki tomchi suv kameraning ikkala qismi orasiga tomchilatib quyiladi. So’ngra jadval va xatto vizir chiziq ham ko’riladigan qilib okulyar o’rnatiladi. Vizir chizig’i jadval orqali maydonchani yorug’ va qora qismlaring chegara chizig’i bilan birlashguncha, okulyar dastasi aylantiriladi.
Asbob 0 nuqtaga to’g’ri joylashtirilganda (20˚C), chegara chizig’i quruq moddalar protsenti jadvalining 0 chizig’idan va sinish koeffisienti 1,333 chizig’idan o’tishi kerak. Agar nur ikkala chiziqdan o’tmasa, tiniq chiqarib olinadi va maxsus kalit bilan bo’lish chizig’i jadvalini 0 chizig’iga o’rnatilmaguncha, korpusning ichiga joylashgan o’zakning boshi buraladi. Asbob tekshirilgach, kameraning yuqori qismi ochiladi va tozalab artiladi, so’ng takroran pastki yarmiga sinaluvchi eritmadan tomiziladi. Kameraning yuqori qismi tushiriladi va prizmaning bitta darchasi yopiladi, ko’zgu orqali ikkinchi darchaga yorug’lik yuboriladi. Kompensator bilan chegara chizig’ining aniqligi belgilanadi va vizir chizig’i chegara chizig’iga o’rnashguncha okulyar siljitiladi. Tahlil natijasi jadvalda chegara chizig’ining joylanishi.
Tekshirishga doir eritmani prizmaga tomizish uchun refraktometrni o’zak atroqida aylantirib, yuqori prizmani ko’tarib, pastki mustaxkam joylashgan prizmaga 1- 2 tomchi eritmadan suramiz, so’ngra yuqoridagi prizmani pastki prizma ustiga yopamiz va maxsus richag bilan qistiramiz xamda asbobni avvalgi ish xolatiga keltirib qo’yamiz.
Yorug’lik nurining aksi ko’zgudan qaytib, avval pastki prizmadan o’tadi, so’ngra tekshirilayotgan eritmadan xam o’tib, sinadi va tepa prizmaga tegadi. Ko’rsatkich tarnovni okulyaridan yorug’ va qora maydonchalar chegarasi lo’rinadi, bu chegara vint orqali o’rnatilgan bo’ladi.
Okulyar yordamida (aniqligi 0,0001 gacha) jadvalda yozilgan sinish koeffisientining qiymatini xisoblash mumkin. Kompensator bilan bog’langan vint yordamida ko’rish doirasidagi yorug’ va qora chegarasidagi, xromatik yoyilishiga chek qo’yish mumkin. Aniqlash t = 20˚C da olib boriladi. Prizmalar o’rnatilgan temir g’ilob ichida suv bor, shu suv orqali prizmaning harorati barqarorlashadi.



Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling