Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Cho’ktirish refraktometri


Download 114.23 Kb.
bet22/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Cho’ktirish refraktometri.

Asbobning tuzilish prinsipi RL va RLU refraktometrlariga o’xshash. CHo’ktirish refraktometrining ko’rsatkichlari boshqa refraktometrlarga nisbatan sinish ko’rsatkichini yuqori aniqlikda topadi, 2x 10-5 (yoki 0,03% quruq moddalar) 1,3254 dan 1,3664 chegarada.


Asbob quyidagi qismlardan iborat: (4-rasm)
1-sindirish prizmasi.
2-korregiyalashtiruvchi prizmalar sistemasi.
3-ob’ektli
4-jadval bir tarnovga o’rnatilgan
5-okulyar

Tekshirilayotgan eritma stakanchalarning bir-biriga quyiladi, so’ngra uning ichiga prizma solinadi. Stakanchada doimiy haroratni qayd qilish uchun stakanchani suvli temostat ichiga joylashtiramiz, termostat ostida ko’zgu joylashgan.


YOrug’lik aksi ko’zgudan qaytib, temostatning oynasi tagidan o’tib, stakanchadagi tekshirilayotgan suyuqlikdan prizmaga. Ikki muhitning chegara yuzasida suyuqlikni sinish koeffisentiga ko’ra nurlar yo’nalishi o’zgaradi. Agar nurning yo’nalish burchagi ichki to’liq aks burchagidan kam bo’lsa, bu sharoitda okulyarda bizga ko’rinadigan maydonchada yorug’lik tushadi. Bordiyu, nurning yo’nalish burchagi ichki to’liq aks burchagidan ko’p yoki teng bo’lsa, unda ko’rish maydonchasi yoritilmaydi.
Jadvalni butun bo’linmalari okulyar orqali ko’rish maydonini qorong’i va yorug’lik chegarasidan xisoblanadi, o’nlik bo’linmalarning qismlari esa mikrometrik vint yordamida aniqlanadi. Bo’linish chizig’i kompensator yordamida aniq qilib o’rnatiladi. Ishni boshlashdan oldin asbobni to’g’ri joylashtirilgani aniqlanadi. Buning uchun distillangan suv solingan stakanni 20 yoki 17,5˚C dagi termostatda 10-15 daqiqa saqlanadi. Bu vaqt oralig’ida suv termostatdagi issiqlik darajasini qabul qiladi, so’ngra stakanchaga prizmaga solinadi va refraktometrni mahsus mahkamlab, 10 daqiqadan so’ng jadvalda xisoblash boshlanadi.
Bo’linish chizig’i 20˚C da 14,5 bo’linmasidan o’tishi, 17,5˚C da esa 15 bo’linmasidan o’tishi kerak. Aks xolda, asbob boshqacha joylashtiriladi: mikrometrik vint 0 nuqtaga qo’yilib, asbobning dastasi ko’rsatkich ko’payadigan tomonga buriladi va bo’linish chizig’i 1,5 yoki 15 bo’limiga teng bo’lguncha baraban aylantiriladi. SHu payt vintning dastasi mahkamlanadi. Aniq natijalarga ega bo’lish uchun o’lchash harorati o’ta aniq va doimiy bo’lish lozim.
Pretsizion refraktometr
Bu asbob qand refraktometri va cho’ktirish refraktometrining yig’indisi bo’lib, 30 % saxaroza konsentrati yordamida quruq moddalarning aniqlash uchun qo’llaniladi. Bu refraktometri quyidagi qismlardan iborat:
1-kamera, yoritish prizmasi bilan.
2-kopensator
3-hisobni amalga oshiruvchi baraban.
4-okulyar, bu orqali ko’rish maydonchasi ko’zdan kechiriladi.
Jadvalning shartli ko’rsatkichlari 0dan 10gacha.
Aniqlash uchun sinaluvchi suyuqlik ikkala prizma orasiga o’rnatiladi. O’lchash harorati 20˚C.

Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling