Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Donli mahsulotlardan o’rtacha namuna olish


Download 114.23 Kb.
bet11/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Donli mahsulotlardan o’rtacha namuna olish.
Mashinada keltirilgan don yuza qismi va tag qismi to’rt joyidan namuna olinadi, olingan namuna og’irligi 1 kg dan oshmasligi va mashina bortidan 0,5 m masofada bo’lishi kerak 2 o’qli vagonlar 5 joyidan, to’rt o’qli vagonlarning 11 joyidan namuna olinadi.
Og’zi teshik qoplardan konussimon shuplar yordamida qopning uchta joyidan yuqori, o’rta va tag qismidan. Og’zi tikilmagan qoplardan qopning bir uchidan qoplardan namuna oluvchi shuplarda olinadi.
Qabul qilingan bir partiya mahsulotni qoplar soniga qarab, qaysi qoplardan namuna olish kerakligi ko’rsatiladi.

Partiyadagi qoplar soni



Namuna olish kerak bo’lgan qoplar soni



10 tagacha



Har ikkinchi qopdan



10 tadan 100 tagacha



Partiyadagi qoplar soniga qarab har 5 qopdan
+5 %



100 tadan ortiq



Partiyadagi koplar soniga qarab xar qopdan +5 %



10





Uzumdan namuna olish.
Uzumning etilishini kuzatish. Uzumning etilishini kuzatish ishlari uning etilishiga 2-3 hafta qolganda olib boriladi. Avvaliga har 2- 3 kunda, etila boshlaganda har kuni nazorat qilinadi.
Nazoratni dala yoki laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Dala usulida uzumzorda refraktometrdan foydalanib, taxminiy natijalar olinadi va analiz natijalari maxsus daftarda qayd qilinadi Hosilni terish kunini aniqlashda, albatta laboratoriya usulidan foydalanish lozim. Buning uchun daladagi uzumdan namuna olib laboratoriyaga keltiriladi, bu erda uzumdagi qand-miqdori va titrlanadigan kislotaliligi aniqlanadi.
Dala usuli. Dala sharoitida uzumdagi qand miqdorini aniqlash uchun bir navli uzumzorning bir necha qatoridan soyalik darajasiga qarab har xil balandlikdagi uzumdan 2-3 dona olinadi. Uzum donasidagi qand miqdorini aniqlash uchun uni refraktometr prizmasi sirtida siqib bir necha tomchi Sharbat tomiziladi. Refraktometr ko’rsatgan kattalikka harorat tuzatishini kiritib, uzum donasi Sharbatidagi qand miqdorini foiz kattaligida hisoblanadi. Daladagi uzumning qanddorligini aniqlash uchun ayrim uzum toklaridan olingan namunalar qand miqdorini foizda hisoblanib, o’rtachasi olinadi. Nazorat qilinadigan daladan namuna uchun uzum donalari etilish darajasiga bog’liq holda turlicha miqdorda olinadi. Ayrim donalardagi qand miqdori bir-biridan kam farq qilsa oz miqdordagi namunalar bilan chegaralanish, uzumning etilganlik darajasi qay darajada aniq topilsa, olinadigan namunalar sonini ham aniq bilib olish mumkin.
Keltirilgan shartlarga asosan, tekshirilayotgan daladagi uzumning etilish darajasini aniqlash ushun 20—40 dona namuna olsa kifoya bo’ladi. Bir tekis pishmagan daladan olinadigan namunalar sonini ko’paytirish mumkin.
Uzumning etilganligini dala usulida tekshirish oddiy, etarli darajada aniqlikka ega bo’lgani uchun uni kimyoviy nazorat laboratoriyalarining amaliy faoliyatida qo’llashga tavsiya etish mumkin.

Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling