Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish
Download 0.52 Mb.
|
4 Ð¼Ð°Ð²Ð·Ñ maruza
3.5. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
Korxona faoliyati maromiyligi deganda sexlar tomonidan ishlab chiqarishning sutkalik yoki oylik grafiklariga qat’iy rioya qilingan holda detallar, yarimfabrikatlar va mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarish tushuniladi. Bir maromda ishlab chiqarish mahsulotlarni bir xil miqdorda ishlab chiqarilishi degani emas. Reja grafigi ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari tizimli tarzida oshib borishini nazarda tutadi. Oy davomidagi o‘sish sur’ati grafikka mutanosib bo‘lishi lozim. Bunda korxonaning dispetcherlik xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri tashkil etilgan dispetcherlik xizmati istalgan vaqtda quyidagi savollarga mukammal javob bera olishi talab qilinadi: u yoki bu detallarning qanday miqdori qayta ishlashning u yoki bu bosqichida turibdi, materiallar zaxirasi holati qanday, qanday dastgohlar qanday rejimda ishlamoqda, tanavorlar yetkazib beruvchi hamkorlar qanday ishlamoqda, qancha detalni tuzatish talab qilinadi va hokazo. Dispet-cherlik xizmati materiallari bo‘yicha shoshilinch tartibda mahsulot ishlab chiqarish grafigi bajarilishini ta’minlovchi choralar qo‘llanilishi lozim. Faqat shu holatdagina korxona maromiy ishlashi mumkin. Biroq ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida smena grafigidan ortda qolish holatlari tez-tez uchraydi. Ular, odatda, tuzatiladigan va batamom yaroqsiz mahsulot paydo bo‘lishi, avariya tufayli usku-nalarning ko‘zda tutilmagan to‘xtab qolishi, buzilish va tuzatishlar, maxsus instrumentlar mavjud emasligi, tugallanmagan ishlab chiqarish but emasligi, ish o‘rinlariga materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik, ishlab chiqarishning qandaydir bosqichida texnologik jarayon buzilishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Hatto bir uchastkada mahsulot ishlab chiqarish smena grafigi bajarilmasligi boshqa uchastkalardagi normal ishlab chiqarish ritmi buzilishiga olib kelishi va bu bilan ish vaqti hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan yetarli darajada foydalana olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Demak, nomaromiy faoliyat barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlashtiradi: mahsulot sifati pasayadi; tugallanmagan ishlab chiqarish va omborlarda tayyor mahsulotlarning rejadan tashqari qoldiqlari hajmi ortadi, buning oqibati o‘laroq kapital aylanishi sekinlashadi; shartnoma bo‘yicha yetkazib berishlar bajarilmaydi va korxona mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natmaganligi uchun jarima to‘laydi; tushum o‘z vaqtida kelib tushmaydi, shuning uchun pul oqimida ham tanqislik yuzaga keladi. Korxona faoliyati maromiyligi oy ichida kunlar yoki dekada bo‘yicha, bo‘linmalar bilan birga olinganda oylar va choraklar bo‘yicha oylik (choraklik) mahsulot ishlab chiqarishga foizlarda aniqlanadi. Birinchi dekadadagi mahsulotlarning o‘tgan oyning uchinchi dekadasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbati ham maromiylik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Yil davomida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tavsiflash uchun oylar bo‘yicha, bo‘linmalar bilan birga olinganda dekadalar bo‘yicha dinamik qatorlar tuzish maqsadga muvofiq. Maromiylik bo‘yicha reja bajarilishini baholash uchun bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling