Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish
jadval Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmini amaldagi va solishtirma qiymatlarda
Download 0.52 Mb.
|
4 Ð¼Ð°Ð²Ð·Ñ maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar O’tgan yil Hisobot yil Farqi
- Mahsulot(ish, xizmat)lar tarkibidagi strukturaviy o’zgarishlar tahlili
jadval
Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmini amaldagi va solishtirma qiymatlarda aniqlanishi
Xo’jalik sub’ekti tomonidan mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hajmi mutlaq, ya’ni dona, metr, tonna va boshqa ko’rsatkichlarda tahlil etilib, ularning xar bir turini dinamik o’zgarishiga baho beriladi. Shuningdek, bir turdagi mahsulot(ish, xizmat)larning umumiy hajmini o’rganishda shartli – miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Xususan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli – paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – juft oyoq kiyimlari kabilardan foydalaniladi. Bu, bir turdagi mahsulot(ish, xizmat)larning natura o’lchov birligidagi hajmini jamlash imkoniyatini yaratib, faoliyat tahlili imkoniyatlarini oshiradi (2-jadval). jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektida joriy davrda tovar mahsulotining hajmi o’tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo’yicha 57000 ming so’mga ortgan. Mazkur ko’rsatkichning amaldagi bahosi esa o’tgan yilga nisbatdan 68000 ming so’mga ortgan. Sotilgan mahsulot hajmi ham amaldagi va solishtirma baholari bo’yicha mos ravishda +76000 hamda 61000 ming so’mlarga ko’paygan. Bu, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy hol deb qaralishi kerak jadval Xo’jalik sub’ektida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko’rsatikichlarini tahlili (ming so’m hisobida)
Mahsulot(ish, xizmat)lar tarkibidagi strukturaviy o’zgarishlar tahlili “Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – stiklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash darkor. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030 yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o’zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2 marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o’g’itlar 3,2 barobar ko’payishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.”3 Xo’jalik yurituvchi sub’ektining ixtisosligiga ko’ra ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larning tarkibi ularga bo’lgan bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga qarab muntazam takomillashib boradi. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larning strukturaviy o’zgarishlarini yuzaga keltiradi. Natijada, mahsulot(ish, xizmat)lar qiymatining hajmi strukturaviy o’zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamayib boradi. Hozirgi kunda, xo’jalik yuritish sub’ektlari ko’proq foyda keltiruvchi, kam xarajatlar talab etadigan mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarishdan manfatdordir. Shuning uchun ham, mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish hajmini tahlilida strukturaviy o’zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Struktura bo’yicha mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun uning haqiqatdagisi rejalashtirilganini tarkibiga teng bo’lishi talab etiladi. Ammo mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tarkibida bozorda qimmat sotilayotgan turlari ulushining ortishi tufayli bu tartib buziladi. Bu, mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi qiymatining ortishiga sabab bo’ladi va aksincha (3-jadval). Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling