Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish


Download 0.52 Mb.
bet2/13
Sana07.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1436580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4 мавзу maruza

3.2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili

Korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot natural, shartli-natural va qiymat ko‘rsatkichlari yordamida o‘lchanadi.


Natural ko‘rsatkichlar tahlil uchun qulay va korxona tomonidan bajarilgan ishlar hajmini nisbatan aniq tavsiflaydi. Lekin natural ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi chegaralangan, chunki aksariyat korxonalar bir emas, balki bir necha turdagi mahsulotlar tayyorlaydi, bu esa turli mahsulotlarni jamlashni istisno etadi. Natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash cheklanganligi shartli-natural ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Masalan, yigirish ishlab chiqarishida mahsulotlar hisobi kilo-nomerlarda, to‘qimachilik ishlab chiqarishida – hisob kalavada olib boriladi va hokazo.
Tahlilda qiymat ko‘rsatkichlardan yalpi va tovar mahsulotlari ko‘proq qo‘llaniladi, ular mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilish darajasini tavsiflaydi.
Yalpi mahsulot tarkibiga asosiy va qo‘shimcha sexlar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar, o‘zlari ishlab chiqargan yarimfabrikatlar, tashqariga chiqarilgan sanoat xarakteridagi ish va xizmatlar, o‘z asbob-uskunalarini kapital ta’mirlash, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘zgarishi, maxsus mo‘ljallangan instrumentlar va o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar kiritiladi. Yalpi mahsulotdan farqli o‘laroq, tovar mahsulotlar tarkibiga buyurtmachilar xomashyosi qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish

Narx indeksi

qoldiqlari o‘zgarishi, o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar va instrumentlar kiritilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘sishi yoki kamayishi faqatgina korxonalar qatorida va ishlab chiqarishning uzoq tsikli bilan hisobga olinadi.


Tahlil mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o‘rganish, bazis va zanjirli o‘sish sur’ati hamda ko‘payishni hisoblash bilan boshlanadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda ifodalanishi lozim, uning asosi sifatida esa bazis davr narxlari qabul qilinadi. Masalan, i-davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmini bazis davr narxida aniqlash uchun uning miqdorini n oldingi davrlar uchun narxlar indeksi ko‘paytmasiga bo‘lish lozim:
215000:1,30=165384;
220000 : (1,35*1,30)=125356 va hokazo.
O‘sishning bazis sur’ati har bir keyingi darajani dinamik qatorning birinchi yiliga nisbati bilan, zanjirli sur’ati – oldingi yilga nisbati bilan aniqlanadi.
3.1- jadval Ishlab chiqarish dinamikasi tahlili








Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling