Ma’ruza Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish


Download 0.52 Mb.
bet5/13
Sana07.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1436580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4 мавзу maruza

Mahsulot

reja

haqiqatda

reja

haqiqatda

reja

haqiqatda

Vshartli – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmi reja strukturada;


Qhaq haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot natural miqdori;
Di haq , Di reja – i- turdagi mahsulotning strukturasi haqiqatda va rejada;
Pi reja – i- turdagi mahsulotning rejadagi bahosi.

3.3-jadval Tovar mahsuloti strukturasi tahlili


Mahsulot i/ch hajmi, dona

Mahsulot strukturasi

Reja narxida mahsulot i/ch, mln som


Kaptiva 85000 Epika 70000 Lasetti 48000 Neksiya 32000 Damas 26000 jami
100 95 12,82 11,88 120 110 15,38 13,75 140 145 17,95 18,13 200 220 25,64 27,50 220 230 28,21 28,75 780 800 100 100
8500 8717,95 8075 8400 8615,38 7700 6720 6892,31 6960 6400 6564,10 7040 5720 5866,67 5980 35740 36656,41 35755
-642,95 -915,38 67,69 475,90 113,33 -901,41


Vshartli(Kaptiva) = Qhaq * Di reja *Pi reja = 800*12,82*85000 = 8717,95 mln so‘m.
Vshartli(Epika) = Q haq * Di reja *Pi reja = 800*15,38*70000 = 8615,38 mln so‘m.
Vshartli(Lasetti) = Q haq * Di reja *Pi reja = 800*17,95*48000 = 6892,31 mln so‘m.
Vshartli(Neksiya) = Q haq * Di reja *Pi reja = 800*25,64*32000 = 6564,10 mln so‘m.
Vshartli(Damas) = Q haq * Di reja *Pi reja = 800*28,21*26000 = 5866,67 mln so‘m.

3.3-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, agar ishlab chiqarish hajmi barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha rejalashtirilgan struktura bo‘yicha bo‘lganda, umumiy mahsulot hajmi reja narxida 36656,41 mln so‘mni tashkil qilar edi.


Haqiqatdagi strukturada u 901,41 mln so‘mga kam. Bu esa umumiy ishlab chiqarish hajmida nisbatan arzon mahsulotlar ulushi ortganligidan darak beradi.

3.4. Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili

Umumiy mahsulot hajmi bo‘yicha reja bajarilishi yoki ortig‘i bilan bajarilishi mumkin. Lekin bu hali ishlab chiqarish rejasi barcha mahsulotlar, ya’ni mahsulotlar assortimenti bo‘yicha bajarilganligini anglatmaydi. Mahsulot hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi yoki ortig‘i bilan bajarilishi bir mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish va ayni vaqtda boshqa mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarmaslik natijasi ham bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida reja bajarilishi tahlili yuqori turuvchi organlar orqali davlat tomonidan korxonalar faoliyati ustidan nazorat shakli hisoblangan. Hozirgi vaqtda, ya’ni tovarlar yetkazib berish, davlat buyurtmasi, bozor konyunk-turasini o‘rganish, asosida korxona mustaqil ravishda reja ishlab chiqayotgan bir paytda reja bajarilishi tahlili quyidagilarni baholashga imkon beradi:
– shartnoma majburiyatlarining bajarilish darajasi; – rejalashtirish sifati;
– menejment sifati.
Ayni vaqtda umumiy hajmda va assortiment bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar bilan ta’minlash, uskunalar bilan jihozlash, shtat jadvalini tuzish va boshqa rejalar tuzish uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi.
Yo‘riqnoma va amaliyotda ko‘pincha aralash qo‘llaniladigan nomenklatura hamda assortiment tushunchalarini farqlash talab qilinadi.
Nomenklatura – bu mahsulotlar nomlari va ularning mutanosib turlari uchun belgilangan kodlar ro‘yxatidir.
Assortiment – har bir tur bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatilgan holda mahsulot nomlari ro‘yxatidir.

U to‘liq, guruhli va guruh ichida bo‘lishi mumkin.


To‘liq assortiment – tayyorlanadigan mahsulotlarning barcha turlari va ko‘rinishlarining tugal ro‘yxati; guruhli assortiment turdosh gurhdagi mahsulotlarni birlashtiradi. Guruhga kiruvchi mahsulotlar uning guruh ichidagi assortimentini tashkil qiladi.
Assortiment va mahsulot ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda korxona, bir tomondan, mazkur mahsulot turiga talabni, boshqa tomondan – mehnat, xomashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va tasar-rufida mavjud boshqa resurslardan samaraliroq foydalanishni hisobga olishi lozim. Assortimentni shakllantirish tizimi quyidagilarni tashkil qiladi:
– xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash;
– ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini baholash;
– mahsulotning hayot tsiklini o‘rganish, yangi, yanada mukammal mahsulot turlarini joriy qilish va ishlab chiqarish dasturlaridan ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy samarasiz mahsulotlarni chiqarib tashlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash;
– mahsulotlar assortimentida o‘zgarishlarning iqtisodiy samarador-ligi va risk darajasini baholash.

3.4.-jadval Assortiment bo‘yicha reja bajarilishi tahlili




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling