“Kasbiy ma’naviyat” muommolari, faning predmeti, tadqiqot ob’ekti,
maqsadini tahlil qiling?
“Kasbiy ma’naviyat” fani ijtimoiy fan sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek
mas’ulyatli vazifani bajarishga kirishgan pedagogni shaxsiy fazilati, dunyoqarashi
va tafakkur tarzini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashuv jarayonida yuzaga
keladigan muammolarni tahliliy asosda o‘rganadi.
“Kasbiy ma’naviyat” fani predmeti pedagogni
kasbiy maxoratini shakllantirish
uchun fan va uni qonuniyatlarini bilishi, o‘qitishning shakl, metod va vositalarini
egallaganligi hamda bilim-mahorat asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish
faoligini o‘rganadi.
“Kasbiy ma’naviyat” fanining ob’ekti-yaxlit pedagogik
jarayon, ya’ni pedagogni
o‘zi egallagan bilimlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga izchil tadbiq etishidir.
Shunigdek, ko‘p millatlik xalqimizning tarixiy evolyusiyasida vujudga kelgan
moddiy va nomoddiy madaniy va ma’naviy merosi til, bilim, ta’lim-tarbiya,
qadriyat hamda an’analari ham uyg‘un tarzda xizmat qiladi.
Fanning maqsadi shaxs sifatida
jamiyat, millat va xalq manfaatlari bilan
mushtarak bo‘lgan komil insoni tarbiyalash jarayonini tadqiq etishdan iborat.
Biroq, ma’naviyat so‘zi keng ma’noli bo‘lib, imon-e’tiqodi butun, irodasi
baqquvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy
salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
“Kasbiy ma’naviyat” muommolari, faning predmeti, tadqiqot ob’ekti, maqsadini tahlil
qiling?
115
Dialektik metod
Kuzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |