Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Milliy o‘zlikni anglash - millatning til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud 
yagonaligi, ma’naviyatdagi o‘ziga xosligidan iborat belgilari kabi millatning 
mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy o‘zlikni anglash millatning mustaqil belgisi 
ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy 
taraqqiyotga erishish va uning jahon taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlash 
zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.


111 
Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘qilgan muqaddas 
dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, 
madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib 
boradigan zamindir.
Vatan deganda, hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim-tarbiya 
olib voyaga yetgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql-
idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir. 
Abdulla Avloniy aytganidek: «Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va 
mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan 
ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, 
arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng 
sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, 
havosi yaxshi turonlik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».
Vatan - bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan - muqaddas qadriyat. 
Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘qilgan joy, insonni 
ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni
hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir.


112 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling