Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Ma’naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratuvchi ijtimoiy xodisa. Millat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Ma’naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratuvchi ijtimoiy xodisa.
Millat - «millat» so‘zi «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» degan ma’noni bildiradi.
Milliy ma’naviyat - muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo‘lgan g‘oyat 
qimmatli ma’naviy boyliklardir.
Umuminsoniy ma’naviyat - butun insoniyatga jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan 
ma’naviy-axloqiy boyliklardir.
Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan 
yaratilgan va keyingi avlodga yetib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar 
majmuidir.
Milliy tarbiya - u yoki bu millatni, elatni tashkil etuvchi kishilarni milliy 
madaniyatini meros, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an’analarni o‘zlashtirishdagi 
faoliyatni rivojlantirishdir, u milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning sub’ektidir.
Tasavvuf - sufiylik insonni o‘rgatar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diniga 
tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga yetkazish va 
intilishdir.
Ma’rifat - bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu 
mazmunni yoyish kurash, vositasidir.
Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini 
ifodalovchi ijtimoiy g‘oya.
Milliy qariyatlar - milliy mafkuraning tarbiyaviy elementi.
Milliy qadriyatlar-millat yuzi, qalb shuuridir. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimiz 
barobarida, mustaqillikni oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish har birimizdan katta 
mas’uliyat talab etadi. Zero, biz erishayotgan jamiki yutuqlar ana shu muqaddas 
ne’mat sharofatidandir. 
Qadriyat-voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy
madaniyma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va 
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, 
ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy 
boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling