Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Komil insonning umumiy xislatlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, ko‘rkamlik, jozibadorlik, 
salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, yetuklik, 
jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar;
Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik, 
jonkuyarlik, 
samimiylik, 
odamiylik, 
bolajonlik, 
iymonlilik, 
fidokorlik, 
xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, mehmondo‘stlik, xalollik
to‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va 
hakozolar;
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, 
insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saranjom-sarishtalik
tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va 
boshqalar; 
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlilik, bama’nilik, xotirjamlik, sog‘lom


109 
fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, 
dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar;
Sobitlik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, jo‘shqinlik, sabotlilik, bir so‘zda 
turishlik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik
o‘zini yo‘qotmaslik, sovuqqonlik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, o‘zini o‘zi 
idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari: ko‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, xazinlik, 
kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, 
hayolilik, xijolatpazlik, iffatlilik va hakozolar.
Iymon arabcha so‘z bo‘lib - lug‘aviy ma’nosi - ishonch demakdir. Shariatda 
esa 
janob 
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Olloh tarafidan 
keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo‘lib, dil bilan tasdiklashga iymon 
deyiladi. Ya’ni Qur’oni Karim va Hadisi Shariflar orqali Olloh, to‘g‘risida, 
jannat. do‘zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga shlonch - iymondir. 
Iymon kishi ma’naviyatining, ahlokining o‘q ildizi, poydevori, negizidir. 
Iymondan mahrum kimsaning aqli nechog‘li o‘tkir, irodasi naqadar cho‘ng 
bo‘lmasin va shular tufayli o‘zligidan qanchalik mag‘rurlanmasin, u chinakkam 
insonlar qatoriga hech kachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz 
odam na Ollohdan qo‘rqadi va na bandalardan uyaladi.U o‘z nafsining itoatkor 
qo‘li bo‘lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Olloh. 
hammamizni shundan asrasin.Buning uchun iymon yo‘lini to‘tishimiz lozim.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling