107
АТАМА(луғат)- ГЛОССАРИЙ, GLOSSARY
Pedagog odobi - umuminsoniy va
milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari,
tamoyillari, tushunchalari,
talablari, mezonlarini ta’limtarbiya jarayonida
oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar,
kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim
muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy
xususiyatlari yig‘indisidir.
Kasbiy mahorat - shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilish jarayoni
bo‘lib,
jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik,
ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligidir.
Kasb ahloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning
ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq
qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus,
qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy
axloqning kishilar kasb-
koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Kasbiy etika - har bir kasb-hunarga xos axloqiy
norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va haѐtga tatbiq etadi
Do'stlaringiz bilan baham: