Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Pedagogik mahorat – pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy 
va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish 
qobiliyati va malakasiga egaligidir 
Pedagogik qobiliyat- pedagog tomonidan pedagogik faoliyatni oqilona tashkil 
etilishi va olib borilishini, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda 
ahamiyatli bo‘lgan xususiyatdir. 
Pedagog madaniyati - shaxs madaniyatining uzviy bir bo‘lagi bo‘lib, xulq-atvor
odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir 
xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga 
aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks 
etishi tabiiy. 
Ma’naviyat-inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning 
falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. 
Ma’naviyat atamasining asosida «ma’no» so‘zi yotadi. Ma’lumki, insonning tashqi 
va ichki olami mavjud. 
Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga butun mamlakat xalq 
farovonligi haqida qayg‘urish, ajdodlardan yodgor bo‘lib qolgan madaniy merosni 
qadrlash. milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolish hamda 
vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularining barqaror bo‘lishidir. 
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi - uning sharqona ta’rifi. barkamol avlodni 
tarbiyalashda ma’naviy va iqtisodiy g‘oyalarning o‘rni. vatanparvarlik, 
insonparvarlik va o‘z millatga sadoqat shaxc ma’naviyati mezonlari. shaxs 
ma’naviyatini rivojlantirish omillar. 
Ma’naviy-axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odam-zotgagina xos ruhiy 
xodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir maxluqotda 
iymonning o‘rni
tagi ham yo‘q.. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan 
biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya’ni iymon keltirishi bilan 
ajralib turadi. 
Ma’naviyat - insonning ruxiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat 
bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan hunuklikni, vazminlik 


108 
bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarini 
qo‘ya bilishi, ularni amalga oshirish uchun xarakat qilish va intilish salohiyatidir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling