Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Iymonli bo‘lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish 
odamning o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat 
tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‘usidir. Or yana biror narsadan xazar 
qilishni ham bildiradi. 
Oriyat esa or-nomus dan tas hqa ri izzat-nafs, qadr tuyg‘usidir. Odatda 
oriyatli odamlar o‘zlari va oilalarining, tug‘ishganlarining izzat-nafsi, qadri, 
xurmatini yuksak to‘tib, boshqalar tomonidan toptalishi, xaqorat qilinishi 
va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi. 
Nomusbu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o‘z mavqeiini 
saqlash, ulug‘lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg‘usini, oila va ajdodlar 
sha’niga dog‘ tushirmaslik ma’nosini ifodalaydi. Ko‘pincha, biror kishini, uning 
oila a’zolarini, ajdodlarini noxaq haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo, 
loqaydlarcha tursa, undaylarga karata senda or-nomus, oriyat bormi o‘zi, deb 
xitob qilinadi. Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, 
oriyatli bo‘lib kelgan, shuning uchun ular o‘z yurtini, uning tuprog‘ini, onalari 
va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o‘zlari uchun or deb 
bilganlar. 
Ko‘rinadiki, 
or-nomus, oriyat 
mohiyatida 
vatanparvarlik, 
xalqparvarlik tuyg‘ulari yashirinib yotadi. 
O‘z-o‘zini anglash bu xalqning, millatning o‘tmish tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-
bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va 
madaniyati taraqqiyotiga ko‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Milliy o‘zlikni anglash - millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini 
ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab 
yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real 
voqelikka aylantirish uchun o‘zini safarbar etish, barcha imkoniyatlari, kuch 
g‘ayratini ishga solish demakdir. Millat mavjud bo‘lishi uchun til, hudud va 
ma’naviyat asosiy shart bo‘lgani kabi milliy o‘zlikni anglash ham asosiy zaruriy 
shart hisoblanadi. O‘zlikni anglash o‘z mohiyatiga ko‘ra millat va elatlar uchun xos 
bo‘lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, o‘z funksiyasiga ko‘ra milliy 
manfaatlarni himoya qiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling