Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Oilada tug‘ushganlik aloqalari, rishtalarini mustahkamligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Oilada tug‘ushganlik aloqalari, rishtalarini mustahkamligi. 
Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl ma’noda baxtli bo‘lolmaydi:
“Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi 
yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday 
narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga 
ehtiyoji tug‘iladi”.
53
Ushbu asarida Forobiy oila va shaharni insonning tana a’zolariga qiyoslab, 
har bir tana a’zosining tabiati, holati va harakatidan kelib chiquvchi vazifasi 
mavjudligini, lekin bu tana a’zolarining umumiy maqsadi, ya’ni inson jismini 
to‘laqonlik ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikda bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot 
beradi.
XXI asrda dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlari dunyo sahnida har 
jihatdan o‘z mavqeyini mustahkamlash maqsadida turlicha fikr va g‘oyalari bilan 
keskin raqobatga kirishadi. Ammo, bu raqobat maydonida kim sobit qolib 
muvaffaqiyatga erishishi biroz mavhum, biroq har bir davlat, xalq va millat milliy 
o‘zligi, qadriyat va ma’naviyatini garovga tikishi bilan barobardir. Chunki, dunyo 
yaralgandan har yuqori martabaga ega bo‘lgan shaxs, o‘z mamlakati maqsadlarini 
boshqalarnikidan ustuvor qo‘yishga intilib, o‘z mafkurasiga o‘zgalarni 
ergashtirishga harakat qilgan. Aks holda, o‘zligidan ayrilish, ma’naviy qiyofasini 
yo‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, 
mustaqil fikri yo‘q manqurtga aylantiradi.
53
А.Н.Форобий, Рисолалар. – Т.: “ 
Фан”, 1974, 134-б. 


67 
Bir qarashda dunyo batamom o‘zgargandek taassurot uyg‘otadi, aslida ham 
shundaymi, o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish millat, xalqlar o‘rtasidagi 
tinchlik, totuvlikka rahna solish uchun zimdan fitna uyushtirish, o‘z an’analarini 
mensimay, oyoq osti qilgani kamdek, gohi oshkor, gohida yashirin ig‘vo, bo‘hton
va fitnalar ba’zi millatlarning o‘zligini yo‘qotishga qaratilganini sezmaslik mumkin 
emas. Bu harakatlar zamirida e’tibor, hududlarni zabt etishga emas, inson ongini 
egallashga yo‘naltirilganini yashirishni iloj, imkoniyati yo‘q. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling