Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Oila evolyusiyasida sotsiomadaniy munosabatlarning ahamiyati
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
5.2.Oila evolyusiyasida sotsiomadaniy munosabatlarning ahamiyati Oila- poligamiya (poli… va gamos grekcha- nikoh) ma’nosini anglatadi, bu so‘z ayrim xollarda ko‘p nikohlilik sifatida qo‘llaniladi, biroq bu noto‘g‘ri tushunchadir. Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo‘lmagan, ibti-doiy jamoa davrining ilk bosqichida ibtidoiy insonlar to‘da-to‘da bo‘lib yashagan davrda jinslar o‘rtasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega bo‘lmagani sabali to‘dadagi barcha erkak va ayollar o‘zaro va umumiy tarzda er-xotin hisoblangan. Zardushtiylik dini rivoji aholi ma’naviy hayoti bilan bir qatorda zamon va makonga xos olamni anglash, tafakkur qilishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shuningdek, nikoh va oila to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zgarib, jamoani boshqarish oqsoqollar Kengashi a’zolariga yuklatildi. Kengash boshlig‘i va a’zolari davlat boshqaruvi bilan bir qatorda nikoh va oila munosabatlarini ham nazorat qilib, muammolarini ham hal etgan. Bir so‘z bilan ifoda etsak, jamoa a’zolari shodlik, g‘am va a’lam kabilarni birga-likda bartaraf etganlar, ya’ni shaxsiy, xususiylikdan ko‘ra umumiylik tushunchasi ustivor ahamiyat kasb etgan. Oila insoniyat, millat va xalqning o‘z taraqqiyoti, evolyusiyasi jara-yonida egallagan yutug‘i bo‘lib, jamiyatning asosi sifatida hayoti va turmush tarzining 64 ma’lum bir ma’naviy, madaniy, sotsial va aksiologik qoidalari asnosida shakllandi. Inson taraqqiyoti, evolyuyasi jarayonida egallagan barcha ezguliklar davr silsilasidan o‘tib, eng maqbullarini o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Nikoh, oila va tarbiya tushunchasi ham zamonlar osha shakllanib, rivojlandi. “Sog‘lom fikr, donolik, oqillik, o‘z xatti-xarakati oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, o‘ziga chetdan qaray va baho bera olish. Unga ko‘ra inson o‘z fazilatlarini me’yorlashtiradi, qaysarligini jilovlaydi, ahmoqlikka qarshi turoladi. Barcha narsani poklash qudratiga ega suv uning ramzi” -deydi Konfutsiy. Nikoh va oilani bunyodga kelishida ikki jins vakillarining o‘zaro teng huquqi va o‘z roziligi bilan hech qanday tashqi ta’sir hamda bosimlarsiz tuzuliladi. Sotsial- madaniy munosabatlar turli shakl, ifoda va mazmun-mohiyatga ega bo‘lib, nikoh eng takomiliga yetgan ijtimoiy-madaniy va ma’naviy hodisa sifatida e’tirof etiladi. “Sizning eng xayrlingiz-zavjasiga eng yaxshi muomalada bo‘lganingiz-dir” yoki Qur’oni Karimning Baqara surasi, 228-oyatida: “Va yaxshi amallarda ular (ayollar) uchun zimmalarida i erlari oldidagi burchlari barobarida huquqlari ham bor”, deya marhamat qilingan. Demokratik davlatdagi kabi Islom dinida ham oila, ayol va farzanlarning haq-huquqlari nikohgacha, nikohda yashash davrida va undan keyin ham himoyalangan. Qadimdan oilaning asosiy vazifasi avvalo o‘zidan sog‘lom avlodni dunyoga keltirish (reproduktiv) va tarbilashdan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda farzand dunuyoga keltirish va tarbiyalashga nisbatan dunyo xalqlarining ushbu vazifaga nisbatan munosabati qanday ? Bu muammoni sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlar tahlilida ko‘rib chiqamiz. Ukraina aholisi 1991 yilda 51623500 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 41418717 nafarni tashkil etib, o‘tgan davr mobaynida aholi soni tug‘ulish va ko‘chib ketishlar hisobiga 10000000 nafarga kamaygan. Agar Rossiya Federatsiyasida 2017 yilda 1690307 nafar bola tug‘ilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib esa tug‘ilishlar soni 1402 834 nafarni tashkil etib, umumiy aholi sonining 10 % ga ham yetmaydi ammo yuqumlik kasallik sabab 2021 yilda o‘lim soni 15,1%, ya’ni 2 440 000 nafar “rekord” natija qayd etilgan. Oila qurish yoshida bo‘lgan aholining 20% yakka yolg‘iz hayot kechirishi oilaga bo‘lgan munosabatni yanada oydinlashtiradi. Belarusiya aholisining 53.3% ayollar va 46.5% erkaklar tashkil etib, tug‘ulish ko‘rsatkichi umumiy aholisi soniga nisbatan 9 % kamroqni tashkil etadi. Moldova aholisi o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilda 10 706 nafar va o‘lim ko‘rsatkichi esa 11 001 nafarga to‘g‘ri keldi. Latviyada 2021 yilda tug‘ulish 4 484 nafarni va o‘lim holati esa 6 553 nafarga to‘g‘ri keldi. Litvada 2021 yilda 6 575 nafar tug‘ulish va 9799 holatda o‘lim qayd etilgan. Estoniyada 2021 yilda 3 446 nafar tug‘ulish va 3819 holatda o‘zim qayd etilgan. 65 Germaniya aholisi sonining o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilda 170 037 nafarni va 220 396 holatda o‘lim qayd etilgan. Qozog‘istonda bu kabi saliy ko‘rsatkichlar kuzatilmasada ohirgi besh yil davomida 40 yoshdan oshib ham oila qurishni istamayotgan erkak va ayollar soni ko‘payib bormoqda. 2021 yilda yurtimiz aholisi o‘rtasida 276900 ta nikoh qayd etilgan, ajrimlar esa 35660 tani tashkil etib, avvalgi yilga qiyoslaganda 4.5 % ga oshgan. Ajrimlar sonini o‘zi mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida nikoh va oila munosabatlariga bo‘lgan munosabatni belgilashga yetarli bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan tahlilning o‘zi ham dunyoda nikoh va oilaga nisbatan munosabatni qay darajada ekanini ko‘rsatib turibdi. Aholi o‘rtasida tug‘ulish ko‘rsatkichini pasayishi, mamlakat iqtisodi, ijtimoiy va boshqa muhim ko‘rsatkichlarga ham ta’sir o‘tkazadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling