Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Oila, kichik iqtisodiy xo‘jalik sifatida o‘z vazifalari mavjud


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Oila, kichik iqtisodiy xo‘jalik sifatida o‘z vazifalari mavjud.
Nikohdan avval, ayolni tanmahramlikka oluvchi erkak, bo‘lajak jufti ayolga 
mahr beradi. Mahr, mazmun va mohiyatiga ko‘ra nikohga ahd qilgan kuyov, erkak 
tomonidan kelin, ayolga beriladigan moliyaviy haqdir. Bu haq, faqat ayolga tegishli 
bo‘lib, kuyovning kelinga mahr berishi farz hisoblanadi. Bu hayrli amaldan maqsad, 
ayol nikohda yashagan davrida moddiy tomonidan ta’minlanganini uqtiriladi. Mahr, 
kuyovning shaxsiy daromadi hisobidan beriladi, ota-onaning haqi qo‘shilmaydi, bu 
bilan kuyovga oilaboshilik mas’uliyati anglatiladi. Mahrning eng kammiqdori 4,25 
gramm tillaga tenglashtirilgan, eng ko‘pining esa chegarasi yo‘q. hisobsiz mol-mulk 
bo‘lishi ham mumkin. “ ْاوُتآ َو ءاَسَّنلا َّنِهِتاَقُدَص ًةَلْحِن, Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan 
chiqarib bering” Niso surasi 4‑oyat”. 
Shunday qilib, islom dinida oilaviy munosabatlar hayot haqiqati, adolat 
tuyg‘usi va insonparvarlikka asoslangan ma’naviy mezonlarni yaratdi, ayollarning 
oila va jamiyatdagi haq-huquqini adolatli belgiladi, bu borada ayolning onalik burchi 
va bolalari uchun murabbiylik faoliyatiga nisbatan yuksak e’tibor qaratgan. 
Makon va zamon bu borliqning umumiy mohiyati va shaklining tartiblashgan 
tizimidir. Oilaviy hayot va tarbiyaning tarixiy asosi, evol-yusiyasi milliy, diniy 
qadriyat va xalq pedagogikasiga oid muhim manba sifatida alohida ahamiyat kasb 
etadi. Uzoq evolyusiya, taraqqiyot bosqich-laridan sayqal topib, rivojlangan 
Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati IX-XII asrlarda kamolot pallasiga 
ko‘tarildi. 
Oilaning ta’lim va tarbiya borasidagi kommunikativ vazifasi. 
Sharq xalqlari donishmandligidan dalolat beruvchi, mashhur “Kalila va 
Dimna” hind masallari, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”si, Nosir Xisravning 
“Saodatnoma va Ro‘shnoyinoma”si, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, 
Mahmud 
Qoshg‘ariyning 
“Devonu 
lug‘otit-turk” 
va 
Kayko-vusning 
“Qobusnoma”si, hamda Sa’diyning “Guliston hamda Bo‘ston” kabi asarlarida oila 
tarbiyasi, ijtimoiy turmushning eng muhim omili sifatida talqin etilgan. Jumladan, 
“Kalila va Dimna”da majoziy va allegorik obrazlar vosita-sida hayotdagi salbiy 
omillarni tanqid qilish bilan birga insonparvarlik, adolatlik va aql-idrok singari sof 
tuyg‘ular ulug‘lanadi. 


66 
Kishilik davrining qay bir bosqich yoki fazasiga e’tibor qaratmaylik, xasad, 
xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo hamda fisq-fasod, zolimlik, shafqatsizlik va
munofiqlik kabi illatlar qoralanib, qarshi kurashilgan. Chunki, bunday axloqsizlik 
hech bir millat, halq yoki dinda oqlanmaydi, insonga xos bo‘lmagan nuqsonlar har 
vaqt va davrda taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lib, jamiyat tanazzulga sabab 
bo‘lgan. 
Sharq xalqlari donishmandligi namunasi “Kalila va Dimna”da ana shunday 
teran tarbiyaviy fikr, ibratli hikoyat va falsafiy xulosalangan badiiy, falsafiy 
umumlashmadan ma’naviy hamda madaniy ozuqa oldi. Shu sabab bo‘lsa kerak, bu 
o‘lmas meros asrdan asrlarga o‘tib kelib, oila tarbiyasida eng yaqin ko‘makchi, 
maslahatgo‘y bo‘ldi. Avlodlar tarbiyasida muhim dastrul amal bo‘lgan, xudud va 
chegara bilmas o‘lmas asar, behad ko‘plab insonlar qalbiga ezgulik urug‘ini ekdi. 
Jumladan, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga 
erishish haqida ko‘rsatmalar”, “Baxt-saodatga erishish haqida”, “Fuqarolik siyosati” 
va “Davlat arbobining aforizmlari” kabi asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, 
maqsad va vazifalari haqida Islomiy qoidalar asosida falsafiy ta’limot yaratdi, qay 
bir makon va zamonga mansub bo‘lishi bilan birga jamiyatdagi o‘rnini nafaqat 
moddiy imkoniyati tufayli balki iymon, e’tiqodi hamda insoniy jihatlari tufayli 
mustahkamlashi, oilani kichik bir davlatga qiyoslab, uni boshqarish haqidagi ilmiy 
bilimlar tizimini yaratdi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling