Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


boshlagan axborot urushining asoschisi Allen Dallesdir tomonidan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

boshlagan axborot urushining asoschisi Allen Dallesdir tomonidan 
qo‘llanilgan. Axborot urushi nazariyasining asoschilaridan biri Uinn Shvartou 
fikricha: “Zamonaviy jamiyat axborotga asoslanganligi sababli, ertami, kechmi, har 
kim axborot hurujining qurboniga aylanadi”-deb ta’kidlaydi. Uinn Shvartou axborot 
urushi olib borishda barcha xatti-harakatlarini uchta sub’ektga qaratilganini 
ta’kidlaydi: shaxs (indi-vidual)ga, tashkiliy tuzilma va global miqyos(davlatlar 
o‘rtasi)dagi ziddiyatga qaratilgan. 
1976 yilda “Axborot xuruji” iborasi ilk marta Tomas Ronning “Boeing” 
kompaniyasi uchun mo‘ljallangan “qurollar tuzumi va axborot urushi” nomli 
hisobotida qayd etgan. Tomas Ron fikriga ko‘ra infratuzilma AQSh iqtisodiyotida 
asosiy komponent, biroq vaqti kelib, harbiy, siyosiy soxalarda u, zaif nuqta bo‘lib 
qoladi.
Axborot xurujining muhim xususiyati “davlat yoki korxona rahbariga 
psixologik bosim o‘tkazib, ularni “kerakli” qarorni qabul qilishga majbur qilshdir” 
deydi. Shu sababli “axborot xuruji” nima, degan savolga, raqibni, ya’ni shaxs, 
jamiyat yoki davlatga nisbatan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa shu kabi qabul
qilingan qarorga nisbatan qarshi ta’sir ko‘rsatishdir.
Ijtimoiy faktga tayangan holda jamoatchilik fikrini o‘z istak, hoxi-shiga ko‘ra 
o‘zgaritirib, ongini o‘ziga kerakli yo‘nalishga burishga urinishdir. 
Axborot xurujlarini amalga oshirishda raqiblar asosan quyidagi usul-lardan keng 
foydalanadi: 
Dezinformatsiya, yolg‘on axborot tarqatish-psixologik ta’sir ko‘rsatish-ning 
bir ko‘rinishi bo‘lib, raqib tarafni asosiy fikrdan chalg‘itish maqsadida yolg‘on 
axborot tarqatiladi. Bunda haqiqiy axborot bilan yolg‘on axborot aralash 
ko‘rinishida bo‘ladi. 
Sho‘rolar xukumati barpo etilgan ilk kunlardan, Markaziy Osiyo xalqlari: 
o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkmanlarni o‘tmish tarixini nafaqat OAV balki, 
ilmiy-tarixiy manbalarda ham o‘zlari istagan tarzda talqin etdi.
Katta sovet ensiklopediyasi Markaziy Osiyoda yashovchi millatlar ichida 
o‘zbeklar to‘rt millionga yaqini tashkil qilib, aksariyat aholi tarqoq qishloq 
sharoitida istiqomat qiladi. Turmush sharoiti yakka sug‘orma va lalmi dehqonchilik 
va chorvachilikdan iborat. Aholining uch foizigina savodli holos....
60
60
Большая Советская Энциклопедия, БСЭ. 1-изд 1926-47 годы 


82 
Ensiklopediyani nashr qilingan davriga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, 1926-
1947 yillar oralig‘ida yaratildi, aholi soni 3.475.340 nafarni tashkil qilmoqda.
Tarixni o‘rganishning ikki ya’ni, tarixiy ma’lumotlar va og‘zaki tarix (Oral history) 
ga tayangan holda o‘rganish metodi bor. Ana shu ensiklo-pediyada keltirilishi 
bo‘yicha Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va 
Qirg‘iziston xududlari 1956 yilga kelib to‘liq belgilangani ko‘rsatilgan. Shu vaqtda 
yashagan aholini ma’lumotiga ko‘ra 1957-1962 yilda O‘zbekiston SSRda barcha 
yoshdagi aholi to‘liq ro‘yhatga olingan, bu to‘g‘rida arxiv ma’lumotlarida ham 
ko‘rsatilgan. Endi, aholining atiga uch foizi savodli bo‘lgan degan ma’lumot esa rus 
tilini biluvchilarga ta’luqli bo‘lib, arab yozuvida savod chiqarganlar e’tiborga 
olinmagan ekan. Sovet ideologiyasi o‘z o‘rnida “Turkistonga biz hurlik, ozodlik, 
tenglik va ma’rifat olib keldik” degan targ‘ibotini amalga oshirishda qo‘l kelar edi.
Manipulyatsiya, omma ongini boshqarish-omma ongini turli g‘oya, 
ko‘rsatma, motiv, stereotip va taqlid orqali sub’ekt manfaatlariga moslashtiriladi. 
Voqelikni noto‘g‘ri idrok qilish orqali soxta, yolg‘on tushuncha yoki tasavvur hosil 
qilinadi. 
1978 yil 27 aprelda sobiq Ittifoq tomonidan Afg‘onistonda Savr inqilobi
amalga oshirildi. Afg‘onistonda kechayotgan davriy voqealar dunyo-ning ikki 
kuchli davlati AQSh va SSSR o‘rtasidagi siyosiy raqobatni yanada kuchaytirdi, har 
ikkisi ham yangi hukumat bilan yaqin munosabat o‘rnatishga urinar edi.
Mafkuraviy targ‘ibot qanchalik kuchli bo‘lmasin, ammo, mamlakatda Tarakiy 
va Aminning qarashlariga qo‘shilmaydigan, AQSh va SSSR bilan birday oraliq 
masofa saqlagan holda munosabat o‘rnatish tarafdorlari bo‘l-gan odamlar ham ko‘p 
edi. Bu hol tabiiyki, SSSR hukumatiga yoqmaydi. Moskva Aminni taxtdan ag‘darish 
va uning o‘rniga Afg‘oniston hukumati rahbarligiga Babrak Kormalni tayinlash 
rejasini tuza boshlaydi.
Har ikki siyosiy raqib, Afg‘onistonda yangi siyosiy tuzumni barqaror bo‘lishi, 
xalqning tinch, osuda hayot kechirishi uchun hayrixoxdek edi, ammo har biri o‘z 
yashirin maqsadini amalga oshirish istagida edi. Bu yashirin maqsad, har ikki davlat 
siyosatchilari tomonidan o‘z mamlakatini o‘zlari istagandek talqin etishga siyosat 
maydonini yaratish bo‘lsa OAV ham bu fikrlarni dunyo ommasiga yetkazish 
borasida keskin raqobatga kirishdi.
Shu tariqa mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi, mana deyarli 44 yildirki 
Afg‘onistonda usha birodarkushlik urushi uchqunlari o‘chgani yo‘q.
“Targ‘ibot-omma ongida OAV yordamida ma’lum g‘oyalarni tarqatish va 
ommalashtirishsha xizmat qiladi: 
-inqirozli holatlarni boshqarish-asosan iqtisodiy va siyosiy soha-larga 
qaratilgan bo‘lib, ma’lum guruh yoki davlat qiziqishlarini ko‘zlaydi. Avvaldan 
tanlab olingan shaxslarga yashirin ko‘rinishida ta’sir ko‘rsatiladi; 
- ig‘vogarlik - ma’lum guruhlar va shaxslar tomonidan davlatning 
konstitutsion tuzumiga yokiqonuniy asoslariga qarshi harakatlarni amalga oshirish; 
-tuxmat (bo‘hton)-biror ob’ektni obro‘sizlantirish, sha’nini bulg‘ash 
maqsadida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish; 


83 
- diskreditatsiya (obro‘sizlantirish) - omma orasida davlat raxbarlari, jamoat 
tashkilotlari, ayrim shaxslar obro‘sini, siyosiy yechimlar, tadbirlar ahamiyatini 
tushuntirish va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatish; 
-omma diqqatini jalb etish - biror voqea, hodisa, ish yuzasidan huquqiy 
ma’lumot panadaqoldiriladi, shov-shuvga sabab bo‘ladigan tadbirlar amalga 
oshiriladi; 
- mish-mish gaplarni tarqatish - mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatish. 
Asosan davlat va jamiyadagi bo‘shliq joylarga asosiy zarba beriladi hamda siyosiy 
va ma’naviy yetuk bo‘lmagan shaxslar ob’ekt sifatida tanlab olinadi; 
- fitna - maxsus axborot harakati bo‘lib raqib muvaffaqiyatsizlikka (mag‘lub 
bo‘lish) olib boruvchi variantni tanlashga majburlanadi”.
61
Demak, yuqorida keltirilgan usullar ma’lum amallar ketma-ketligidan iborat 
bo‘lib, ularni amalga oshirishdan axborot xurujining ob’ekti va sub’ekti, kuch va 
vositalar, resurslar va vaqt omilini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori 
darajada axborot xurujidan ko‘zlangan asosiy maqsad-raqib davlat axborot 
maydonini egallab olish, xalqaro maydonda davlat imidjini tushurish, jamiyat 
hayotini beqarorlashtirish, shaxsni obrusizlantirishgaqaratilgan axborotlarni 
tarqatish kabilardir. Hozirgi bosqichda maqsadga erishish uchun asosiy vositalar 
sifatida OAV va axborot-komunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. 
Hozirgi kunda biror-bir davlatda axborot xurujlarini amalga oshirish 
usullariga qarshi yagona bir kompleks tadbirlar ketma-ketligi, tizimini ishlab 
chiqilmagan. Bunga sabab qilib axborot-komunikatsion texnologiyalarining juda 
tezkor sur’atlarda rivojlanib borayotganligi, tezkorligi, turlichaligi, chegara 
bilmasligi, millat tanlamasligi va yashirinligi kabilarni keltirish mumkin. 
Har bir xalq, millat o‘zining milliy qadriyat, milliy o‘zlik va madaniyatini
chuqur singdirishi, bu turli axborot xurujlariga nisbatan qarshi ma’naviy 
immunitetni shakllantirsa, zamonaviy bilim ko‘nikmasiga ega bo‘lish esa o‘zgalar 
yaratuvchiliga nisbatan qaramlikdan qutqaradi.
Texnologiyani ta’lim jarayonida qo‘llash uchun oliy ta’lim tizimida 
axborotlashtirilgan ta’lim muhitini shakllantirish lozim:
-informatsion axborot muhitini tashkil etish;
-axborotlashtirilgan ta’lim muhitini rivojlantirish; axborotlash-tirilgan ta’lim 
muassasasida axborot resurslarini tashkil etish;
-axborot zahiralarini shakllantirish kabilar ta’lim jarayonini yanada 
mukammallashtirib tarakkiy ettiradi. 
Buning uchun yoshlarimizga ta’lim tarbiya berishning ta’sirchan usul-larini 
ishlab chiqishimiz hamda talaba-yoshlarimiz yangi bilimlar egallash-lari uchun 
zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanishlarini va ularning bo‘sh 
vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini e’tiborga olgan holda ularning tashabbuslarini 
qo‘llab-quvvatlashimiz muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling