Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Inson evolyusiyasida til va yozuvning ahamiyati
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
6.2. Inson evolyusiyasida til va yozuvning ahamiyati
Til, insoniyat hayotida qachon, qay tarzda, qanday talab va ehtiyojlar asnosida vujudga kelgan.... degan savolga javob topish uchun hozirgi kunda insoniyat tarixi evolyusiyasiga doir manbalar bilan bir qatorda tilshunoslika oid imliy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish, qiyosiy o‘rganish vahokazolar orqali bu savolga javob topish mumkin bo‘ladi. Bu bir qarashda zamonaviy inson ehtiyoj sezgan savolga javob topishga unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi biroq, biz zamonaviy axborot internet tizimi yordamida hech bir qiyinchiliksiz savolga javob topish imkoniyati bor. Tarixiy manbalarga murojaat etsak ilk ibtidoiy inson o‘z fikrini o‘zi uylab topgan turli belgi vositalar yordamida va turli tasvirlar bilan o‘z fikrini bayon etishga harakat qilgan. Inson hayotida muhim ahamiyat kasb etgan til, yozuv va muloqot shakli shu tariqa paydo bo‘lgani to‘g‘risida mulohazar bor. Agar tilni paydo bo‘lish tarixi,evolyusiyasi haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsak ilmiy o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Tilning ilk paydo bo‘lish masalasi, insoniyatni qadim zamonlardan beri qiziqtirib keladi, ammo, qadim davrlardan boshlab, tilning kelib chiqishi haqida ko‘plab nazariya va ta’limotlar bor. Lekin bu nazariya va ta’limotlar asosan ilmiy faraz sifatida tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzilkesil hal qilib bera olgani yo‘q. Til, insonlar o‘rtasida, jamiyatda aloqa va o‘zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq a’zolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga ma’lum va maqbul bo‘lgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qo‘shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to‘plami. Til-ijtimoiy hodisa, kishilar, 78 jamoalar o‘rta-sidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va G‘arb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan ta’kidlab kelinadi. 56 Biroq, bu til, nutq, yozuv va uning muhim elementlari inson evolyusiyasida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga million yillar davomida vujudga kelib, shakllangan. Nutqning paydo bo‘lish jarayonida har tovush yoki nutq bilan bog‘liq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush, tilning universal xususiyatini ko‘rsatadi. Til, xususiyatiga ko‘ra uni tashkil etuvchi element-larning cheksiz muqobillashuvi, bu elementlarning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabati kuzatiladi. Til inson faoliyati mehnat jarayonida takomiliga yetib, mukammala-shib boradi, chunki inson o‘z faoliyati borasida so‘z yuritmoqchi bo‘lsa ko‘proq shu mehnat turiga oid so‘zlardan foydalanadi. Shu sababdan til, nutq va yozuv kabilar ijtimoiy ong bilan o‘zaro uzviylikda rivojlanib, so‘z va ifoda shakli boyib boradi. Til va nutq ifodalash jarayonida insonning ruhiy xolati, fikr dunyosi va tafakkuri ham bevosita, yoki bilvosita ishtirok etadi. Til, tafakkur,dunyoqarash va ijtimoiy ong bilan aloqador va nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari-so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar- moddiy shakllar bo‘lib, ularda ongning ideal mahsullari-aniq tasavvur-lardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’ektiv tarzda o‘z aksini topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til - jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro‘y beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. 57 Til, ayni ma’noda asrlar mobaynida shakllani, takomillashib borgan, bu borada halq og‘zaki ijodi namunalari ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tumaris- massagetlar malikasi, milliy qaxramonimiz, tahminan erradan avvalgi 570- 520- yillar yashagan, ko‘chmanchi massagetlar va skif qabilalari sardori bo‘lgan. O‘rta Osiyo teritoriyasida yashagan, asosan ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lishgan, Tumaris xakida Gerodot, Strabon va Ior-dan singari qadimgi grek tarixchilari yozib qoldirgan. 28-yil xukmronlik qilgan buyuk Axmoniy Kir II bosqinchilik maqsadida keladi, uni asl maksadidan xabardor oqila va dono malika fors elchilari olib kelgan sovg‘alarini qaytaradi. Kir II makkorlik qiladi, u massagetlar yeriga lager qurib oz sonli qo‘shin va juda ko‘p sharob qoldiradi, malikaning o‘g‘li Spargapis bosh bo‘lgan oz sonli ko‘chmanchilar qo‘shini forslarni qirib tashiydi, umrida sharobni tatib ko‘rmagan massagetlar ichib mast bo‘lib kolishadi va jangsiz asr olinadi. Shaxzoda Srargapis Kirdan qo‘lidagi kishanlarni yechishni iltimos qiladi, kishandan ozod bo‘lgan Spargapis, darhol soqchiga xujum qilib qilichini tortib oladi va o‘zini o‘ldiradi, qaxrlangan malika o‘g‘li o‘limi uchun qasos olishini va Kir boshini qonga tuydirishni quyosh xudosi nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi. Gerodotning yozishicha bu tarixda ko‘chmanchi varvarlarni eng katta g‘alabasi edi. 56 Усмонов С, Умумий тилшунослик, Тил, 1972. Будагов Р. А., Человек и его язык, М., 1974 57 Березин Ф. М., Головин Б. Н., Общее языкознание, М., 1979 79 Endi ushbu yozma manbani tahlil qilishga kirishamiz, avvalo ushbu tarixiy manba afsona, rivoyat yoki tarixiy haqiqatmi degan savolga javob izlab ko‘ramiz. Qadimgi gresiyada insoniyat tarixiga asos solgan Gerodot nafaqat o‘z yurti tarixiga doir, balki ularga yaqin xududda yashagan xalqlar hayotidan ko‘plab tarixiy manbalarni yozib qoldirgan. Jumladan, forsiylar va unga tutash xududlarda yashagan Markaziy Osiyo xalqlari, qolaversa o‘z mard va jasurligi bilan Gerodotni e’tiborini tortgan ko‘chmanchi masaget hamda sak qabilari tarixini chuqur o‘rgangan lekin, o‘zi bu yurtlarga kelmagan, sayohatchi, savdogar va yurtim tarixiga oid manbalarga tayanib yozgan. Aleksandr Makedonskiy tomonidan Markaziy Osiyo ishg‘ol qilinib, u hukumronlik qilgan davrda ikki xalq, davlat o‘rtasida savdo-sotiq va yahshi qo‘shnichilik a’loqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab grek savdogar, sayyoh va ziyolilari Markaziy Osiyo xududi bo‘ylab sayohat qilib, u to‘g‘risida ko‘plab tarixiy manbalar yozilgan. Jumladan, Strabon ham georgrif sifatida o‘z asarlarida yurtimiz iqlim sharoiti, relfi, tabiati va xalqlari ijtimoiy madaniy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Chunki, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bilan shug‘ul-lanayotgan tarixchi olimlarning qarashlari bilan tilshunoslarning qarash-larida ma’lum darajada farq qiladi. Bu kabi bir xalq, millat o‘tmishiga qarashlarning o‘zgacha, farqli jihatini mavjudligi, birinchi navbatda, o‘zbek tilining manbalariga munosabat va qarashlarda ayon bo‘ladi. Tilshunoslar uchun o‘zbek xalqining etnogenezi dalillari ro‘yxatida birinchi bo‘lib yozuv va tilning paydo bo‘lish davri bilan bog‘liq bo‘ladi. “Yozuvga alohida e’tibor qaratishning sabab shuki, uning ostida shu xalqning tili yashaydi. Birinchi navbatda, qadimgi turkiy tilga asos bo‘lgan dialektlardagi fonetik, grammatik va leksik birliklarning eski o‘zbek tilida davom etganiga tayangan holda aniqlash mumkin. Qadimgi turkiy tilning qaysi dialektlar asosida shakllanganini birinchi bo‘lib mashhur turkolog V.V.Radlov ilgari surgan, qadimgi turkiy dialektlarni tasnif qilgan edi. Bugungacha uning qarashlari turkologiyada katta salmoqqa ega. Uningcha, qadimgi turkiy til uchta dialektdan tashkil topgan: birin-chisi-qadimgi shimoliy dialektdir. Bu dialektda O‘rta Osiyo turkiy qabilalari so‘zlashgan bo‘lib, turk-sir dialekti degan nom bilan ham yuritiladi; sir-bu qipchoqlardir degan fikr turkologiyaga kirib keldi va o‘rnashdi (o‘zbek xalqining katta qismini qipchoqlar tashkil qilganini bu o‘rinda isbotlab o‘tirishga urinish ortiqcha). 58 Demak, insoniyat tarixida yozuv, nutq va so‘zni kashf etishi bu tilning saqlanib qolishi va taraqqiy etishiga birinchi kafolat yozuv va undan keyin xalqning etnik jarayonidagi uzluksizlikdir. Yozuv-muayyan bir til negizida yuzaga kelgan ma’lum bir shakl, belgi yoki ifoda vositasiga nisbatan qabul qilingan va kishilar o‘rtasidagi muloqot-ning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. Yozuv- kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan 58 Раҳмонов Н. “Минг йиллик, туман кунлик ёзувим” “Шарқ юлдузи” журнали, 2018 йил, № 2 80 (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Insoniyat o‘tmish hotiralari bilan barhayot, o‘tmishga bexurmat munosabatda bo‘lish shaxsning qanchalik manfur qilsa, ezgu maqsadga xizmat qiluvchi yangilikni ham tan olmaslik o‘zlikdan adashtiradi. Hozirda oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun ularning kasbiy mahoratlarini oshirish borish, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish kerak. Yangi axborot texnologiya va dasturiy vosita-larni samarali qo‘llash, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyatini chuqur egalash zarur, soxaga doir so‘ngi yutuq va yangiliklardan habardor bo‘lishga esa xorijiy tilni o‘rganish, davr talabiga aylandi. E’tirof etilganidek, yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiya-lash- O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish-laridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidla-ganidek, “yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzand-larimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iborat”. 59 Inson o‘z kelajagini porloq bo‘lishi uchun kelajagi to‘g‘risida bugun qayg‘urib, rivojlangan mamlakatlar yoshlaridan aslo kam emasman degan fikrga ishontirib, buning uchun mukammal ta’lim va tarbiya olish kerak bo‘ladi. Shuningdek fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integra-siyasini ta’minlash orqali, o‘qitishning zamonaviy vositalaridan foyda-langan holda ta’lim sifatini yaxshilash, talaba yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga katta yordam beradi. Xususan, zamonaviy ilm-fan va axborot- kommunikatsiyaning so‘nggi yutuq-lariga tayanish, yirik moliyaviy mablag‘lar va yuksak kasbiy mahoratga ega mutaxassislarning mavjudligi, bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling