Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


 Pedagogik faoliyatda psixologik xususiyatlar va kompetentlik


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

 
7.2. Pedagogik faoliyatda psixologik xususiyatlar va kompetentlik. 
Oliy, xalq ta’lim yoki maktabgacha tizimini tadqiq qilishda o‘ziga xos va 
umumiy asosga ega bo‘lgan tizim yaratish bilan birga umumiy maqsadga xizmat 
qiluvchi o‘zaro bir-biriga aloqadorlikni funksional bog‘liqlik-larini yaratish lozim 
bo‘ladi.
Pedagogik faoliyatda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda 
rivojlantirish uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish bilan 
birga muntazam ravishda pedagogo doimo nafaqat o‘ziga tegishli fan soxasida balki 
jamiyatning siyosiy, sotsial, madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy rivoji to‘g‘risida ustida 
mustaqil izlanish kerak bo‘ladi. Bu kabi izlanish, tadqiqotlar yuritish, professional 
ta’lim xodimining kasbiy mahorati-ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘z 
o‘rnida professional tarzda ta’lim soxasida faoliyat yurituvchi pedagog jamiyat va 
jamoatchilikning ma’naviy hayoti hamda moddiy ishlab chiqarish sohasini 
pedagogik faoliyatda muntazam yoritib borish bilan o‘z bilim, tajribasini 
tinglovchiga singdiradi.
“Pedagogik faoliyat- bu ta’lim va tarbiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, o‘ta 
murakkab tarzdagi dinamik, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi, ko‘p darajali va o‘ziga xos 
67
Арипова А. Нотиклик ва унинг лисоний-услубий воситалари. – Т.: ЖИДУ, 2007. - Б. 58-69. 


93 
rivojlanish omillariga ega bo‘lgan yaxlit tizim hisoblanadi. U mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra ko‘p turli, jamiyat bilan ham o‘zaro serqira munosabatda bo‘lib, o‘zaro 
bog‘liqlikdagi murakkab funksiyalarni amalga oshiradi. Bu kabi og‘ir va murakkab 
tizimni isoh qilishga ahamiyatga molik zamonaviy ilm-fan hamda ta’lim soxasining 
ilg‘or tajribalarini tadbiq etishga moliyaviy jihatdan katta mablag‘ talab etish bilan 
birga tizimning boshqaruv soxasini tubdan yangilash, shuningdek ko‘p sonli 
pedagoglarni ham malaka talablarini oshirishni tashkil etishga to‘g‘ri keladi”
68
.
Kasbiy faoliyat, tajriba va mahoratini muntazam tarzda oshirib borish uchun 
o‘z vazifasiga ijodkorona yondashib, pedagog quyidagi majburiyatlarni o‘z 
zimmasiga olishi zarur: avvalo muayyan mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lish, o‘z 
zimmasidagi vazifasini sidqidildan ado etish, aqliy mehnat talablariga rioya etish, 
hamkasb, talaba va ularning ota-onalari shunigdek ta’lim soxasining doimiy 
iste’molchi bo‘lgan jamoatchilik bilan o‘zaro muloqot, munosabatni faol tashkil 
etishi kerak bo‘ladi. 
Pedagogik faoliyat yuritishda har bir shaxs avvalo kommunikativlik , iqtidori 
va ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, chunki ta’lim va tarbiya jarayonida o‘z bilim, 
ko‘nikma hamda tajribasini talablarga yetkazishi lozim bo‘ladi. U, o‘z soxasining 
nafaqat tarixiy, evolyusion jarayoni, shakllanishi, balki rivojlanish borasida jahonda 
amalga oshirilayotgan jarayonlarda ishtirok etishi, yoki ularni masofadan tahlil etish 
bilan istiqbol rejasi to‘g‘rida bashorat(prognoz) qilish ko‘nikmasiga egaligi uning 
kommunikativlik iqtidoridan dalolat beradi. Soxa taraqqiyoti, istiqbolini bashorat 
qilish uchun esa fanga doir tadqiqot o‘tkazish sirlaridan ham bohabar bo‘lish lozim 
bo‘ladi. 
N.Muslimov o‘zining “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asos-lari” deb 
nomlangan o‘quv-metodik qo‘llanmasida “Kompetentlik tushuncha-siga ta’lim 
sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai 
nazardan 
kompetentlik 
“noan’anaviy 
vaziyatlar, 
kutilmagan 
hollarda 
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro 
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la 
ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jaraѐnlarda 
harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi-deb tariflagan. 
Kasbiy kompetentlik pedagog tomonidan alohida bilim, malaka-larning 
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha inte-grativ, soxaga doir 
bilimlarni o‘zaro mujassam etgan holda kasbga yonda-shuvni nazarda tutadi. 
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik, soxaga doir bilim va ko‘nikmani 
muntazam tarzda boyitib, o‘z ustida tinimsiz izlanish olib borish, fanga oid yangi 
axborot, tajriba va tadqiqotlarni o‘zlashtirishdek, muhim ijtimoiy talablarni 
anglagan holda ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. 
Aksariyat pedagoglar mashg‘ulot jarayonida tinglovchilarni berilgan mavzu 
yuzasidan erkin fikrlashini emas, balki ma’lum bir doirada ushlashni hoxlaydi
natijada esa tinglovchi mazkur fan bo‘yicha cheklangan bilimga ega bo‘ladi.
68
Мезинов В. Н. Введение в педагогическую деятельность: учебное пособие.-М.: 2010.


94 
Deylik, A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asardagi bosh qahramon Otabek va 
Kumish o‘rtasidagi sevgi, muhabbatni fojiali, tragik holatda yakunini adabiy, 
badiiy tahlil qilish topshirig‘i qo‘yildi.
Buning uchun dastlab talabalar bu asarni o‘qiganmi yoki kino balki sahna 
talqini ko‘rganmi shuni aniqlashtirshdan boshlanadi. Agar, ko‘pchilik romani o‘qib 
chiqqanlar ko‘pchilikni tashkil etsa ilk fikrni yozuvchi mahoratidan boshlab, so‘ng 
asar voqealari tahliliga o‘tish ko‘proq ma’qul bo‘ladi. Romandagi voqea va 
hodisalar yozuvchi tomonidan qanchalik ochib berilgan, bu bilan adib mahoratiga 
adabiyot nazariyasi, badiiy tanqidchilik metodiga ko‘ra yondashuvdan talabada 
badiiy asarni tahili ko‘nikmasini ham shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Asar bosh 
qahramonlari Otabek va Ko‘mish o‘rtasidagi munosabatni makon va zamon 
hodisaviyligiga qanchalik mos kelishi, ular o‘rtasidagi munosabat, muloqotning 
namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lgan, ijobiy obraz va salbiy obrazlarning muammoga 
aloqadorlik darajasini aniqlash-tirish asosida tahlil etiladi. 
Yusufbek xoji, Xasanali, Safar bo‘zchi kabi ijobiy obrazlar bu ikki yoshni 
o‘zaro yaqinlashtirishga ta’sir ko‘rsatsa, O‘zbek oyim, Homid va gumashta-lari kabi 
salbiy obrazlar asar voqeasini yuzaga kelishi hamda rivojiga dinamik ta’sir 
ko‘rsatadi. Yoki, ularning kirdikorlariga ishongan xon amaldorlari nohaq tuhmatga 
ishonib, Otabek va Mirzakarim qutidorni dor tagiga olib keladi. Yoki, sohta taloq 
maktubi voqeasi, rashk tufayli Zaynab-ning, qotilikka qo‘l urishi kabi voqelarga 
sabab bo‘lgan hodisa hamda jarayonlarga ham ahamiyat qaratish kerak bo‘ladi. 
Asarning kino va sahna talqiniga e’tibor qaratilsa, yozuvchi o‘z asarida 
tasvirlagan xarakterni ijodiy jamoa qanchalik yoritib berganligini tahlil etishdan 
san’atshunoslik reji bilan qahramonlarning yozuvchi
Yozuvchi uslubi, mahoratini tahlil etishda esa nafaqat o‘zbek adabiy 
tanqidchiligi yoki kitobxoni fikriga tayanib, balki asar tarjimasi xususidagi fikrlarga 
ham yondashuv asarning o‘zga tillik muhlislarini fikri tanish imkoniyatini yaratadi. 
Qolaversa badiiy asar tahlili jarayonida asar voqealariga kechgan davr haqida 
tarixiy, sotsial, madaniy, siyosiy va boshqa bir qator fanlar bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Yoki jismlarning fizik va himiyaviy hoslarini o‘rganishga doir fikrni olg‘a 
surganda ham shu kunga qadar amalda bo‘lgan tajribalar bilan hozirda bu sohada 
yaratilayotgan ilmiy tajriba, yangiliklarni ham amalga tadbiq etish xususiyatini ham 
tahlil qilishdan talabada fanga doir yangi fikr, ma’lmutga ega bo‘lishdan qiziqishini 
ham ortirish mumkin bo‘ladi.
Agar, o‘qituvchi o‘z sohasi va pedagogik bilimlarni chuqur egallash bilan 
birga davriy shart-sharoitni beliglash uchun iqtisodiy, siyosiy va sotsial jarayonlarga 
to‘g‘ri hamda aniq yondashsa, mashg‘ulot jarayonida tinglovchiga erkin fikr yurtishi 
muhitini yaratadi. Biroq, pedagog soxaga oid bilimlar bilan cheklansa u holda esa 
ta’lim va tabiya jarayonida minimal natija-dorlikka erishadi. 
Pedagog mahoratni shakllantirish va doimo rivojlantirib borish uchun 
pedagogik faoliyatning umumiy mazmun va mohiyatini chuqur anglagan holda 
ustuvor ahamiyat kasb etadigan uslub hamda uslubiyatlarni o‘z pedagogik 
faoliyatiga samarali tadbiq etish mexanizmini puxta egallashi lozim. 


95 
A.Xoliqov o‘zining “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasida “Pedagogik 
mahorat o‘qituvchi - tarbiyachiga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - 
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘kuvchilarning o‘zaro hamkorligi, muloqot olib 
borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - ma’rifiy va 
tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va 
hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib 
boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik 
mahorat o‘qituvchining pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi”-degan 
fikrni olg‘a suradi. 
Ta’lim jarayonining faol ishtirokichisi bo‘lgan shaxsning pedagogik mahorati 
uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi va mutaxassis sifatidagi mavqei, u 
tomonidan pedagogik texnikaning yetarli darajada egallanganligi hamda kasbiy 
faoliyatga individual yondashuvidan dalolat beradi. 
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli uni 
tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning 
zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Agarda to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik 
muloqot talabada qo‘rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, diqqat, 
xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me’yorining buzilishi kabilarga sabab 
bo‘lsa, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan 
muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada talabalarda 
o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqish ortadi. 
Muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi talabaning o‘zaro ijtimoiy 
jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma’lumotlar almashishini 
ta’minlaydi. Pedagog va talabalar o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa har 
qanday vaziyatda ham ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi samarali ro‘y 
berishini uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda pedagog talabalarning eng yaqin 
maslahatchisi, yo‘lboshchisi va rahbariga aylanadi. Muloqot chog‘ida talabalar 
tomonidan o‘z shaxsini, “meni”ni, qadr-qimmatini yetarlicha baholash va o‘z 
oldidariga hayotiy maqsadlarni qo‘ygan holda olg‘a intilishlarini ta’minlashga jiddiy 
e’tibor qaratish lozim. 
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda pedagogning nafaqat o‘zi, balki uning 
ijobiy ta’siri asosida talabalar ham muloqot madaniyatini o‘zlashtirib borishlari 
lozim. 
Xox oliy ta’lim, xox xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi, 
mustaqil pedagogik faoliyat yuritishga o‘z kompetentligini shakl-lantirish uchun 
ijtimoiy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-ilmiy va matematik, pedagogik - 
psixologik hamda umumkasbiy tayyorgarlik fanlar bilan o‘zaro uzviyligini topishi 
lozim bo‘ladi. Maxsus tayyorgarlik talab etuvchi mashg‘ulotlarni tashkil etishda 
professional ta’lim tizimi, uning vazifasi va tarbiyaviy masala, munosabatlari 
usullari borasida to‘la tasav-vurga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. O‘rganilayotgan 
hodisaning har tomonlama nazariy-metodik va tajriba-amaliy jihatdan o‘rganilishi, 
o‘qituvchining mustaqil pedagogik faoliyat yurita olish kompetentligini 
shakllantirish darajasini tizimli aniqlashda yuzaga kelgan ilmiy yondashuvni 
tasavvur etishga imkon beradi. 


96 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling