Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Яя harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) So‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan ya


Download 245.54 Kb.
bet27/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Яя harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) So‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan ya fonemalar birikmasini ifodalash uchun: япроқ>йапроқ, яхши>йахши, жияк>жийак, суяк>суйак, яшил>йашил, ноябрь>нойабрь kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda bo‘g‘in o‘rtasida kelib a tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: октябрь>октьабр, сeнтябрь>сeнтьабр, отряд>отрьат kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar a harfi orqali yoziladi. qiyoslang: октябрь - oktabr, сeнтябрь - sentabr, отряд - otrad, шляпа – shlapa kabi.


UNDOSH FONEMALARNI IFODALOVCHI BA’ZI HARFLARNING IMLOSI



  1. Bb harfining imlosi: a) ba’zi so‘zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba’zi so‘zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi.

  2. Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg‘aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi;

  3. Nn harfining imlosi: a) so‘z o‘rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so‘z o‘rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi.

  4. Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o‘rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo‘g‘iz undoshi o‘rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi.


Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling