Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 6


Download 245.54 Kb.
bet30/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
6. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.
7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.
8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.
9. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.
10. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.
II. Chiziqcha bilan yozish.
1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko‘ra agarda juft so‘z qismlari у (ю) bog‘lovchisi yordamida bog‘lansa chiziqcha qo‘shilmaydi: катта-кичик = каттаю кичик, эл-юрт = элу юрт, ор-номус = ору номус, тун-кун = туну кун, кeча-кундуз = кeчаю кундуз kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o‘zgartirish kiritilgan, ya’ni juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo‘yilgan.
Qiyoslang:
Катаю кичик - katta-yu kichik
Туну кун - tun-u kun
Элу юрт - el-u yurt kabi.



Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling