Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha


Download 245.54 Kb.
bet32/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

3. Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari yonida kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, g‘ayri tabiiy, bir qancha, bir yo‘la, bir oz, qay kuni, u erga, bu yoqdan, shu erdan, o‘sha yoqqa kabi.
Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon (beri) so‘zlari qo‘shib yoziladi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra biroz so‘zining ham qo‘shib yozilishi belgilab qo‘yilgan.
Qay so‘zi yer, yoq, yon so‘zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so‘zlar qo‘shib yoziladi:
Qiyoslang: qay yerda – qayerda, qay yoqqa – qayoqqa, qay yondan – qayondan kabi.
Qaybir, qayvaqt so‘zlari ham qo‘shib yoziladi.
4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi.
5. Kirillcha yozuv asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra муз ёрар, иш ёқмас, қґл ёзма, шeр юрак so‘zlari ajratib yoziladi deb belgilab qo‘yilgan. Lekin amaldagi lug‘atlarda turlicha yozib kelingan. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bu so‘zlarning qo‘shib yozilishi qat’i belgilab qo‘yildi: muzyorar, sheryurak, devyurak, ishyoqmas, qo‘lyozma kabi.
6. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimai hol, nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida , unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi belgilab qo‘yildi.
Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi.
BO‘G‘IN KO‘CHIRILISHI
Orfografiya qoidalariga ko‘ra bir qatorga sig‘may qolgan so‘zning qismi ikkinchi qatorga quyidagicha ko‘chiriladi:
1. So‘z qismlarga bo‘g‘inidan ajratib ko‘chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-il kabi.
2. Bir unlidangina iborat bo‘lgan bo‘g‘in oldingi satrda qoldirilmaydi. Shuningdek, keyingi satrga ham bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in ko‘chirilmaydi: o-naning emas, ona-ning, jamo-a emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling